Beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish texnologiyalari


Download 293.36 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi293.36 Kb.
#1611717
Bog'liq
BETON VA TEMIR-BETON BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI


BETON VA TEMIR-BETON BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI

Reja:
1. Yig‘ma temir-beton korxonalarida beton qorishmalarining tayyorlanishi


2. Beton qorish mashinalarini joylashtirish chizmalari
3. Sement va to‘Idiruvchilarni omborlarga joylash

Yig‘ma temir-beton korxonalarida beton qorishmalarining tayyorlanishi. Beton qorishmalari yig‘ma temir-beton korxonalarining beton qoravchi sehlarida olinadi. Beton qorishma mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun beton zavodlari va beton qoruvchi moslamalar mo‘ljallangan. Beton qorishmalari ishlab chiqarish ko‘chmaydigan moslamada qanday tashkil qilinsa, xuddi shunday ko‘chiriladigan yoki harakatchan moslamada ham tashkil qilinishi mumkin. Qurilish obyektlarining boshlang‘ich davrida ko‘chmas zavodlardan anchagina uzoqda bo‘lgan vaziyatda harakatchan moslamalardan foydalaniladi. Harakatchan moslamalarning turidan biri inventar beton zavodlari bo‘lib, qurilish yakunlanganda asbob-uskunalar qismlarga ajratiladi va yangi ish maydoniga ko‘chiriladi. Beton qorish moslamalari ish tartibiga ko‘ra siklli va uzluksiz tuiga ajratiladi. Sikl bilan ishlaydigan moslamalarga vaqti-vaqti bilan xomashyo yuklash, qorib aralashtirish va mahsulotdan bo‘shash xarakterli bo‘lsa, keyingisi bu vazifalarni uzluksiz bajaradi. Siklli usul bilan ishlaydigan moslamalar ko‘p tarqalgan. Uzluksiz ishlaydigan moslamalarni bir xil markadagi beton qorishmaga (ko‘plab ishlab chiqarishga) ehtiyoj bo'lganda qo‘llash samaralidir. Masalan, gidrotexnik va yo‘l qurilishlarida, obyektlarni mayda donalab tayyorlanadigan devor materiallari bilan qurishda. Beton qoruvchi zavod va sehlarni bir-biridan farqlantiradigan asosiy belgi texnologik tuzilishidir. Vertikal tuzilishga ega moslamalar bir va ikki pog‘onali texnologik chizma bilan ajratiladi (11.1-rasm). Bir pog‘onali yoki vertikal chizmada bo‘lishda bunkerlariga hamma komponentlar bir marta ko‘tariladi (11.1, a-rasm). So'ngra ular gravitatsion (yer tortishuvi) kuch yordamida miqdorlovchi dozator moslamaga, undan beton qorish moslamasiga o'tkaziladi. Planda vertikal joylashtirilganda moslama nisbatan katta bo'lmagan o'lchovda bo‘lsada, lekin ancha baland bo‘ladi. Beton qorish moslamalar tizimi uzoq muddatli davrda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, asosan, vertikal chizmada bajariladi. Ikki pog‘onali chizmada (11.1, b-rasm) materiallar ikki marta ko‘tariladi: awal sarflash bunkerlariga, keyin konveyer yordamida qoruvchi moslamalarga tashiladi. Bunday joylashtirishda zavod yoki seh ikki qismga miqdorlab beruvchi (dozator) bo‘lim qabul qiluvchi moslamalari va beton qorishmani taqsimlash bunkerlari bilan qorish bo'limiga bo‘linadi.


Beton qorish mashinalarini joylashtirish chizmalari. Ikki pog‘onali chizma bo‘yicha uncha baland bo‘lmasada, katta o‘lchovli bino talab qilinadi. Bu esa asboblar yig‘ishga qulaylik ya- ratsada, ko‘taruvchi moslamalar sonini ko‘proq talab qiladi va texnologik sikl muddatini oshiradi. Ikki pog‘onali chizma moslama- lari harakatchan. Gorizontal yuzalikda joylashtirilgan zavod va sehlarda beton qorish moslamalari tizim bo‘yicha yoki to‘p-to‘p holda joylashtirilishi bilan xarakterlanadi (11.2-rasm). Tizimli chizmada har bir qoruvchining tushiruvchi tuynugi bo'ladi, to‘p-to‘p joylashtiriladigan chizmada 1 ta umumiy bunkerdan qorishma.tushiriladi. Beton qomvchi moslarnalami qanday joylashtirish miqdorlab beruvchi moslamaning turiga bog‘liq, To‘p-to‘p qilib joylashtiriladigan chizmada beton qoruvchi moslamalar miqdorlab beruvchi moslamalar bilan ta’minlanadi, avtomatik ravishda boshqariladi. To‘p-to‘p joylashadigan chizma bo'yicha joylashtirishda transport vositalari katta hajmda yuk ortishi mumkin. Bunda qurilishga bo‘ladigan sarf va zavodning ekspluatatsiya sarfi kamayadi. Biroq bu usul bilan yig‘ilgan aralashtirgichlar bir vaqtning o‘zida bir necha tur beton markalarini tayyorlash zarurati bo‘iganda to‘g‘ri kelmaydi va temir-beton zavodlarida bu usul qo‘llanilmaydi.



Beton qoruvchi qurilmalarni joyida va masofadan turib avtomatik boshqarish mumkin. Joyida boshqarilganda miqdorlovchi teshiklari qo‘l bilan ochib, yopiladi, yuklovchi asbobning holati o‘zgartiriladi, ya’ni suriladi. Turli turdagi asboblarda barcha elektrodvigatellar alohida boshqarish pultiga ega. Masofadan avtomatik boshqarish, elektrodvigatellarni ishga tushirish va ishdan to‘xtatish, shuningdek, texnologik jarayonni reja asosida moslash pult bilan olib boriladi. Beton qoruvchi sehlar yoki beton zavodlari tarkibiga sement va to‘ldiruvchilar omborxonasi, qo‘shimcha tayyorlovchi moslamalar, materiallarning operativ zaxirasini hosil qiladigan sarflovchi bunkerlar, transport vositalari, tarkibiy qism (komponent)larni miqdorlab beruvchi apparatlar, qoruvchi moslamalar, beton qorishmasini uzatuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish va nazorat qilish moslamalari, yordamchi moslamalar (energetik xo‘jaligi, isitish sistemalari va boshqalar) kiradi. Kam quvvatli temir-beton zavodlarining beton qoruvchi sehlari yillik ishlab chiqarishi 50 ming m3 beton, o‘rtacha va katta quvvatda – 100 va 250 ming m3 betonga egadir. Tovar beton zavodlari 250 ming m3 va undan ortiq quvvatga egadirlar. Sement va to‘Idiruvchilarni omborlarga joylash. Beton qoruvchi seh va zavodlar sementlami saqlash uchun silos turidagi omborxonalar bilan jihozlanadi. Ular alohida 5-10 m diametrli siloslardan tashkil topadi, sig‘imi 25 – 1500 t va undan ortiq, metall yoki temir-betondan tayorlangan (11.3- rasm). Mayda qurilmalar uchun sig‘imi 10 – 20 t inventar siloslar qo‘llaniladi. Siloslar soni omboixonaning sig‘imiga qarab oshirib boriladi. Sig‘im o‘z vaqtida qabul qilingan hisobiy zaxiraga va zavod quwatiga nisbatan aniqlanadi. Qoida bo‘yicha mo‘ljallangan sement zaxirasi korxonaning 5 – 10 kecha-kunduzlik talabidan kelib chiqib qabul qilinadi. Omboming sighmini aniqlash uchun sementning hisobiy miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:


Nsem = PySZs ‧ 4,04/0,9S’
Bu yerda Py – korxonaning yillik mahsuldorligi, m3 ; S – sementning 1 m3 mahsulotga o‘rtacha sarfi; Zs – omborxonada sement zaxirasi, sutka; 1,04 – sementni trasportga ortish va tushirish davridagi mumkin bo‘lgan yo‘qotish koeffitsienti; 0,9 – sement saqlashdagi hajmini to‘ldiradigan koeffitsient; S’ – yildagi ish kuni soni. Silos omborxonalar to‘g‘ri burchak korpusli, to‘g‘ri burchak piramidali va silindr shaklida quriladi.

Download 293.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling