Mevalarni saqlashda qo‘yiladigan talablar Omborxonalarni jihozlash, sovutish bo‘lmalari va omborlarga ketadigan mahsulotlarni hisoblash
Download 23.91 Kb.
|
Mevalarni saqlashda qo‘yiladigan talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Maxsulot sifati va sifat boshqaruvi.
Mevalarni saqlashda qo‘yiladigan talablar Omborxonalarni jihozlash, sovutish bo‘lmalari va omborlarga ketadigan mahsulotlarni hisoblash. R e j a: 1. Maxsulot sifati va sifat boshqaruvi. 2.Maxsulot haqidagi ma’lumotlarni Sertifikatlashtirish va kodlash. 3. Maxsulotni shtrixli kodlanishi uchun ayrim davlatlarning EAN kodi. 1. Maxsulot sifati va sifat boshqaruvi. Belgilangan maxsulotning sifat ko’rsatkichlarining nomenklaturasini tanlash, bu ko’rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo’luvchi qiymatlari bilan taqqoslashni o’z ichiga oluvchi ishlarning yig’indisi maxsulot sifatining darajasini baxolash deb ataladi. Maxsulot sifatining darajasini baxolash uchun maxsulotlar ikkita turkumga bo’linadi. -foydalanishda sarflanadigan maxsulot. -o’z resursini sarflaydigan maxsulot. Maxsulot sifatining ko’rsatkichlar nomenkulaturasini tanlab olishni asoslash quyidagilarni inobotga olgan holda amalga oshiriladi. -maxsulotni ishlatilishdagi sharoitlarni va vazifasini. -iste`molchilar talablarining tahlili. -maxsulot sifatining tavsiflanuvchi tarkibini va tuzilishini. -sifat ko’rsatkichlariga bo’lgan asosiy talablarni. Maxsulot sifatiga ta`sir etuvchi omillarni to’rt toifaga bo’lish mumkin. -texnikaviy: -tashkiliy: -iqtisodiy: Ijtimoiy: Texnikaviy omillarga uskunalarning jixozlanish asboblarining hamda nazorat vositalarining texnikaviy hujjatlarining holati dastalbki materiallar yarimfabrikatlarning sifati va shunga o’xshashlar kiradi. Tashkiliy omillarga rejalik bir maromda ishlash, texnikaviy xizmat va uskunalarni ta`minlash materiallar, komplektlanuvchi, buyumlar jixozlanishi, asboblarni texnikaviy hujjatlar va nazorat vositalari bilan ta`minlaganligi ishlab chiqarish madaniyati mexnatni ilmiy asosda tashkil etish, ovqatlanish va ish vaqtidadam olishni tashkil etish va boshqalar kiradi. Iqtisodiy omillarga mexnatga pul to’lash shakillari, oylik maoshning miqdori yuqori sifatli maxsulotni va ishni moddiy rag’batlantirish maxsulotning yaroqsizligi uchun oylik maoshidan ushlab qkoldi, uning sifati darajasi tannarxi, maxsulotning bahosi va shunga o’xshashlar kiradi. Ijtimoiy omillarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish malaka oshirishni tashkil qilish, ilmiy- texnikaviy ijodiy, ijodkorlik va ixtirochilikni tashkil etish, turmush sharoitlari o’zaro munosabatlar, jamoadagi psixologik iqlim va tarbiyaviy ishlar kiradi. Maxsulot sifatini tashkil topish, uning hamma hayotiy bosqichlarida tadqiqot va loyihalash ishlarida, ishlab chiqarishda muomalada, iste`molda yoki ishlatilishda namayon bo’ladi. Tadqiqot va loyihalash ishlari maxsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi urnini egalaydi. Bu bosqich sifatini tashkil topishining boshlanishi hisbolanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo’llanishi natijasida hamda me`yoriy hujjatlarni maxsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste`molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko’rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi. -andozalar, sifati ko’rsatkichlariga ega bo’lgan namunalariga yo’naltirilgan ilmiy- tadqiqot tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni bajarish. -me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish. -standartlarga rioya qilishida o’z-o’zini nazorat qilishni amalga oshirish. -maxsulot sifatining darajasini istiqbollash va me`yorlash. -maxsulot sifatini rejalashtirish erishish, turli usullarni tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo’naltirilgan konstruktor va texnologik tadbirlarni ishlab chiqish. -bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi maxsulot sifati haqidagi axborotni tahlil qilish. -maxsulot sifatining ko’rsatkichlarini va shuningdek sifat darajasini baholashni tasniflash va aniqlash. Maxsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy darajani rivojlantirishni yuqori sur`atlarda doir bo’lishini ta`minlash. Murakkab va mas`uliyatlti buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni boshqarish jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik. Ilmiy- tadqiqot yoki loyihalash institutlarida sanoat korxonlarida konstruktorlik texnologik bo’lim, byurolarda Yangi maxsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy e`tibor Ushbu buyum namunasi haqiqatdan Yangi bo’lishiligiga yoki ishlab chiqarishdagi buyumlarini takomillashganligiga qaratiladi. Maxsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal texnologik jarayonlarini tanlash qiyin va u mas`uliyatli vazifa, chunki bu bosqichda doimiy texnologiyaning qiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy maxsuloti sifatini oshirish korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maxsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi muljallanadi: -maxsulotni bevosita tayyorlash. -uskunalarning jixozlarning nazorat o’lchash texnikasining sifatini kerakli darajada bo’lishini ta`minlash va nazorat qilish. -maxsulot sifatini oshirish yaroqsizlikni oldini olish me`yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan maxsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilish tadbirlarini tayryolash va amalga oshirish. -me`yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat`iy rioya qilish. -korxona tushayotgan xom ashyoning, materiallarning yarim fabrikatlarning komplektlanuvchi buyumlarning kirishdagi nazoratni o’rnatish: -chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi qabuldagi va sinashdagi nazoratni o’rnatish: -tekshiruvchan nazoratga meyoriy hujjatlarga rioya qilish: - ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni yig’ish va to’plash uning yaroqsizligini u haqdagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil qilish: -hom ashyo, materiallar yarimfabrikatlar komplektlanuvchi buyumlarni va tayyor maxsulotni omborda korxona ichidagi transportlarda me’yoriy hujjatlarning talablariga binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish: - belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqarishda korxonaning xodimlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish. Ishlab chiqarish birlashmalarida korxonalarda ishlab chiqarish bosqichida qo’yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlaydi. Download 23.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling