Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi
Download 31.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqBeton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi
Beton va temir-beton sanoatining rivojlanishining usullari. Qurilish – asosiy moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlaridan biridir. U milliy iqtisodiyotda uchinchi (sanoat va qishloq xo‘jaligidan keyin) o‘rinda turadi. Qurilishning mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga tushirishga tayyor bo’lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek, amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining yechimi batamom qurilish zimmasiga yuklatiladi. Qurilish ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks yuksaltirishda katta rol o‘ynaydi. Bu tarmoqda jamg‘arish fondining taxminan uchdan ikki qismi amalga oshiriladi, mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining 10 foizidan ko‘proq qismi yaratiladi. Qurilishning milliy xo‘jalik miqyosidagi ahamiyati va etakchi rol o‘ynashiga yana bir sabab shuki, u aholining katta qismini ish bilan ta’minlaydi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashiga, ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishiga imkon yaratadi. Qurilish, moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida, avvalo ishlab chiqariladigan mahsulotning xarakteri, ya’ni uning ko‘chmasligi, o‘lchamlari kattaligi, serqirra va murakkabligi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Qurilish mahsuloti ko‘p mehnat va kapital sarf- xarajatlarni talab qiladi, uni ishlab chiqarish sikli uzoq muddatlidir, ya’ni uni ishlab chiqarishga 3 soat yoki daqiqa emas, balki hatto 10, 20 kundan ham ko‘p vaqt talab qilinadi. Shuningdek, qurilishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va mehnat predmetlari o‘ziga xos turda va tarkibda bo‘lishidan tashqari, ular harakatlanuvchi ham bo‘ladi. Ishlab chiqarish sikliga qarab qurilish mahsulotining shakli va tayyorligi turlicha bo‘ladi. Qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirishning asosiy vazifalari kapital qurilish rejasida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarni ishga tushirish topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash, qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini hamda qurilishning ishlab chiqarish-texnik bazasini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda rivojlantirish, shuningdek, qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Bunda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan, xomashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo‘naltirish katta rol o‘ynaydi. Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb etish, bugungi kunda xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. Respublikaning asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati etakchi rol o‘ynaydi. Bu o‘z xomashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan belgilanadi. Download 31.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling