Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi


Download 31.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi31.45 Kb.
#1785452
1   2
Bog'liq
Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi

Beton va temir-beton sanoatining rivojlanishining usullari. Qurilish – asosiy moddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlaridan biridir. U milliy iqtisodiyotda uchinchi (sanoat va qishloq xo‘jaligidan 
keyin) o‘rinda turadi. Qurilishning mahsuloti – barcha turdagi ishlar bo‘yicha tugallangan va ishga 
tushirishga tayyor bo’lgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlari, shuningdek
amaldagi korxonalarning kengaytirilishi va qayta ta’mirlanishi, ularda ishlab chiqarishni texnik 
jihatdan qayta jihozlanishidir. Uy-joy muammolarining yechimi batamom qurilish zimmasiga 
yuklatiladi. 
Qurilish ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va milliy iqtisodiyotni kompleks 
yuksaltirishda katta rol o‘ynaydi. Bu tarmoqda jamg‘arish fondining taxminan uchdan ikki qismi 
amalga oshiriladi, mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulotining 10 foizidan ko‘proq qismi yaratiladi. 
Qurilishning milliy xo‘jalik miqyosidagi ahamiyati va etakchi rol o‘ynashiga yana bir sabab shuki, 
u aholining katta qismini ish bilan ta’minlaydi, fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyotning jadallashiga, 
ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishiga imkon yaratadi. 
Qurilish, moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i sifatida, avvalo ishlab chiqariladigan 
mahsulotning xarakteri, ya’ni uning ko‘chmasligi, o‘lchamlari kattaligi, serqirra va murakkabligi 
bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Qurilish mahsuloti ko‘p mehnat va kapital sarf-
xarajatlarni talab qiladi, uni ishlab chiqarish sikli uzoq muddatlidir, ya’ni uni ishlab chiqarishga 



soat yoki daqiqa emas, balki hatto 10, 20 kundan ham ko‘p vaqt talab qilinadi. Shuningdek, 
qurilishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va mehnat predmetlari o‘ziga xos turda va tarkibda 
bo‘lishidan tashqari, ular harakatlanuvchi ham bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish sikliga qarab qurilish mahsulotining shakli va tayyorligi turlicha bo‘ladi. 
Qurilish ishlab chiqarishini rejalashtirishning asosiy vazifalari kapital qurilish rejasida 
ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarni ishga tushirish topshiriqlarining 
bajarilishini ta’minlash, qurilish-montaj tashkilotlarining quvvatlarini hamda qurilishning ishlab 
chiqarish-texnik bazasini o‘z vaqtida va kerakli miqdorda rivojlantirish, shuningdek, qurilish 
ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyotini barpo etishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati 
O‘zbekiston aholisi farovonligini yaxshilashda anchagina ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga 
olib keldi. Shuningdek yosh respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olinib, unda o‘z 
mavqeiga ega bo‘ldi. Bunda faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy, 
intellektual va boshqa resurslarni import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan, 
xomashyomizni qayta ishlashni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni yaratishga yo‘naltirish katta 
rol o‘ynaydi.
Iqtisodiy asoslangan investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekiston 
iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi sarmoyalar va kreditlarni jalb etish, bugungi kunda 
xalq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish borasida belgilab olingan 
maqsadlarga erishishning eng muhim va ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda. 
Respublikaning asosiy tarmoqlari qatorida qurilish materiallari sanoati etakchi rol 
o‘ynaydi. Bu o‘z xomashyo bazasiga ega ekanligimiz, qurilish materiallari, sanoat va uy-joy 
konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj hamda malakali mutahassislarning mavjudligi bilan 
belgilanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 31.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling