Betonning afzallik va kamchiliklari, ishlatilishi
Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta’siri
Download 1.04 Mb.
|
omnop
Temir-beton konstruksiyalariga quruq va issiq iqlimning ta’siri.
Yoz faslida harorat 40—50 °C ga yetadigan va havoning nisbiy namligi past (10—20%) bo'lgan respublikamiz sharoitlarida binolar va inshootlami, ayniqsa, temir-beton konstruksiyalarini qurish juda noqulaydir. Hozircha quruq issiq iqlim sharoitida betonning uzoqqa chidashi bo'yicha asoslangan talablar tadqiqot qilinmoqda, asosiy e’tibor ulaming mustahkamligiga qaratib kelinmoqda. Yilning issiq davrlarida havoning nisbiy namligi past bo'lgan sharoitlarda beton yotqizilishi bilanoq suvi qochib, unda tuzilishini buzadigan jarayonlar paydo bo'ladi. Beton muzlaganida beton g'ovaklaridagi suvning hajmi ortib, undagi tuzilishning buzilishiga olib keladi va sementning gidratatsiyalanish jarayoni qisman yoki to'la to'xtaydi. Tuzilishni hosil qiluvchi unsur sifatidagi suvning bug'lanishi natijasida betonda mikro- va, hattoki, makrog'ovakliklar hosil bo'ladi va uning tuzilishi nuqsonli bo'lib qoladi. Sementning gidratatsiyalanish jarayonlari to'la o'tmaydi va beton tegishli fizik-mexanik xossalarga erishib ulgurmaydi. Shu munosabat bilan yig'ma temir-beton konstruksiyalar tayyorlashda betonning suvi qochish, quyosh radiatsiyasi va hokazolaming zararli ta’siridan saqlash bo'yicha murakkab masalalarni hal etishga to'g'ri keladi. Quruq issiq iqlim sharoitlarida qurilish sifatini oshirish maqsadlarida qurilish materiallari sanoatiga o'ta mustahkam, tez qotadigan portland sementlar, yirik va mayda to'ldirgichlar ishlab chiqarishni ko'paytirish yuzasidan talablar qo'yish kerak. Yuqori sifatli tabiiy yirik to'ldirgichlar kamchilligini hamda quruq iqlimda g'ovak to'ldirgichli betonlardan foydalanish samaradorligini hisobga olib, ularni ishlab chiqarishni kengaytirish zarur. Quruq va issiq ob-havo beton ishlari texnologiyasini ancha murakkablashtirib qo'yadi; harorat ko'tarilganda beton qorishmasi uchun suv sarfi ortadi; beton qorishmasini tashishda yoki uni yotqizishga qadar saqlab turishda siljuvchanligini tez yo'qotadi; qotayotgan betonda darzlar juda ko’payadi; quyosh radiatsiyasi ta’sirida konstruksiyalarda notekis harorat maydoni hosil bo’ladi; beton ishlarini bajarish sharoitlari murakkablashadi, ulaming narxi ortadi va boshqa salbiy natijalar yuzaga keladi. M a’lumki, beton qorishmasi issiq va quruq ob-havoda sementning gidratatsiyalanishi va tishlashishi tezlashuvi natijasida o'zining siljuvchanligini tez yo’qotadi. Bunga yuqori harorat, qotish suvining bugianishi sabab bo'ladi. Buning natijasida beton qorishmasini yotqizishdagi siljuvchanligi ta’minlanmaydi, qabul qilingan tashish vayotqizish sharoitlari, shuningdek, konstruksiyalar sirtiga ishlov berish sharoitlari buziladi. Yilning quruq va issiq ob-havoli davrida beton qorishmasini tayyorlashdan uni yotqizish tugaguncha vaqt iloji boricha eng kam bo'lishi va t = 25 °C li harorat uchun 30—60 minutdan, / = 30 °C li harorat uchun 15—30 minutdan, t = 35 °C li harorat uchun 10—15 minutdan oshmasligi kerak. Vaqt o'tishi bilan qorishma konsistensiyasining tez o'zgarishiga ta’sir qiluvchi omil haroratning yuqoriligi va shu tufayli sementning gidratatsiyalanishining hamda tishlashishining tezlashuvidir, ayni bir vaqtda beton suvining qochishi ikkinchi darajali omil bo'Iib qoladi. Quruq va issiq ob-havo sharoitida yuzaga keladigan yuqorida zikr qilingan salbiy oqibatlar ichida yangi yotqizilgan betonga keragicha qarab turilmaslik oqibatida uning suvining ko'p qochishi alohida o'rinda turadi. Beton tanasidan suvning tezda bug'lanishi beton qorishmasining tarkibiga, qotish suvining miqdoriga, suv va sement nisbatiga, sement turiga va boshqa omillarga bog'liq. M a’lum sharoitlarda beton qorishmasining ancha cho'kishi yuz berib, u salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Bug'lanish jadalligi 0,7 kg/m2 bo'lganida eng ko'p cho'kish 3,5—3,6 m m /m ni, 0,8 kg/m2 da 3,9—4,0 mm/m ni, 0,85 kg/m2 da 4,5 m m /m ni tashkil etadi. Yomon parvarish qilingan va yomon yotqizilgan beton birinchi kecha kunduzlarda 50-70% gacha qotish suvini yo'qotadi, bunda uning asosiy qismi betondan qotishning dastlabki 6—7 soatida chiqib ketadi. Suvning bunday ko'p qochishida yangi tuzilmalarning zichlashuvi sodir bo'Iib, buning natijasida sement donlarining gidratatsiyalanmagan qismining ichiga nam kirishi kamayadi, oqibatda qotayotgan betondagi sementning gilratatsiyalanishi biroz yoki to'la to'xtaydi, betonning mustahkamligi yomonlasha boshlaydi va boshqa xossalari ham pasayadi. Yangi yotqizilgan betondan suvning jadal bug'lanishi o'tirishish (usadka)ning o'sishiga olib keladiki, u quruq va issiq iqlim sharoitlarida tuzilishning buzilishiga olib keluvchi jarayon bo'Iib, betonning tuzilishini va fizik-mexanik xossalarini ancha yomonlashtiradi, qotayotgan betonning barvaqt yorilib ketishiga sabab bo'ladi. Quruq va issiq iqlim ning zararli ta’siri faqat beton ishlarini bajarishni qiyinlashtirib qo'ymasdan, balki beton va temir-beton konstruksiyalardan foydalanishga ham yomon ta’sir qiladi. Bunday nohush sharoitda, namlikni saqlab qolishga doir tadbirlar qo'llaniladi, masalan, muntazam suv sepib turiladi, namlangan material, qipiq kabi saqlovchilar qo'llaniladi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling