Betulin va uning ba’zi bir hosilalarining biologik faolligini pass (online) dasturida tekshirish
Download 340.88 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqbetulin-va-uning-ba-zi-bir-hosilalarining-biologik-faolligini-pass-online-dasturida-tekshirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Betulin va uning ba’zi bir hosilalarining biologik faolligini PASS (online) dasturida tekshirish Madina Zokirjon qizi Sulaymanova Hamza Sayidmurodovich Toshov Alisher Xamidovich Xaitbaev O’zbekiston milliy universiteti Annotatsiya: Hozirgi kunda kimyo sohasida tadqiqotlar olib borishda yangi modda sintez qilishning o’zi tadqiqot natijalari uchun yetarli hisoblanmaydi. Shunday ekan, sintez qilingan yangi birikmaning fizik-kimyoviy xossalari bilan bir qatorda biologik faolligini o’rganish davr talabi hisoblanadi. Ushbu tadqiqotimizda Betulin va uning ba’zi bir hosilalarining biologik faolligini Pass (online) dasturida tekshirish natijalari keltirilgan. Kalit so’zlar: Betulin, PASS (online), farmakologik faollik, Pa qiymati, gepatoprotektor, Pi qiymati, antineoplastik Testing the biological activity of betulin and some of its derivatives in a PASS (online) program Madina Zokirjon qizi Sulaymanova Hamza Sayidmurodovich Toshov Alisher Khamidovich Khaitbaev National University of Uzbekistan Abstract: At present, the synthesis of a new substance in the field of chemistry is not sufficient for the results of research. This study presents the results of testing the biological activity of Betulin and some of its derivatives in the Pass (online) program. Keywords: Betulin, PASS (online), pharmacological activity, Pa value, hepatoprotector, Pi value, antineoplastic Kirish PASS online dasturi 300 mingdan ortiq organik birikmalarning tuzilishi va 4 mingdan ziyod biologik faollik turlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Dastur moddaning strukturasiga asosan biologik faolligini o’rtacha 95 % dan ko’p aniqlik bilan o’rganish mumkin. Bunda modda uchun Pa qiymat ayni kasallikka nisbatan farmakologik faollik bo’lsa, Pi qiymat esa shu kasallikka nisbatan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 373 farmakologik faol emas ko’rsatkich shaklida ma’lumot beradi. P >0,71 qiymatda modda berilgan kasalliklarga nisbatan farmakologik faolligi yuqori bo’lish ehtimolini bildiradi [1-2]. Olingan natijalar tahlili PASS (online) dasturi ma’lumotlariga asoslanib, o’rganishlarimiz shuni ko’rsatdiki, betulin va uning hosilalarida ko’pgina kasalliklarga nisbatan biologik faollikni va ingibitorlik xusuyatini namoyon qilar ekan ekan. Quyidagi 1-6 grafiklarda Betulin va uning ba’zi hosilalarining ayrim biologik faolliklari taqqoslangan. 1-rasm. Antineoplastik (Leyshmaniya) 2-rasm. Jigar kasalligiga qarshi faollik 3-rasm. Antineoplastik (O’pka saratoni) 4-rasm. Gepatoprotektor faollik 0,704 0,814 0,753 0,64 0,66 0,68 0,7 0,72 0,74 0,76 0,78 0,8 0,82 0,84 1 2 3 4 5 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 374 5-rasm. Antineoplastik (melanoma) kasalligiga qarshi faollik 6-rasm. Antineoplastik (yo’g’on ichak saratoni) kasalligiga qarshi faollik * 1. Betulin, 2. Betulin kislota, 3. 3-β, 28-difosfat betulin, 4. Betulinning 28-O- trifenilmetil efiri, 5. Betulin aldegid Betulin va uning hosilalarining farmakologik faolligi juda keng bo’lib, yetarlicha darajada yaxshi o’rganilgan. Betulin tabiiy gepatoprotektor sifatida jigarning o’tkir va surunkali zararlanishi holatlarida, jigarning virusli (gepatit A, B, C) kasalliklarida samarali ta’sirga ega. Lekin jigar kasalliklarini davolashda betulinning xrom (VI) oksidi ta’sirida osonlik bilan hosil bo’lgan betulin kislotasining Pa qiymati betulinga nisbatan yuqoriligi ko’rildi va 3-β, 28- difosfatbetulin hamda betulinning 28-O-trifenilmetil efiri uchun Pa qiymati kuzatilmadi. Shuningdek, gepatoprotektorlik xususiyatining eng yuqori biologik faolligi ham betulin kislotada aniqlandi.Yana bir qator kasalliklarga davo bo’luvchi betulin va uning hosilalari antineoplastik (o’pka saratoni, yo’g’on ichak saratoni, melanoma, leyshmaniya, ko’krak bezi saratoni) kabi o’sma kasalliklariga samarali darajada ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, leyshmaniya kasalligini davolashdagi eng yuqori biologik faollik 3-β, 28-difosfat betulin moddasida aniqlandi. Bu moddaga nisbatan 4- va 5- moddalarning faolligi kamroq. O’pka saratoni kasalligidagi biologik faollikda betulin moddasining oksidlanishidan hosil bo’lgan betulin aldegidning Pa qiymati yuqoriligi ko`rildi. Yo’g’on ichak saratoni kasalligi uchun betulin va trifenilxlormetan asosida sintez qilingan betulinning 28-O- trifenilmetil efiri yuqori faollikka ega bo’lishi va betulinga aldegid guruh kiritilganida esa faollik keskin kamayishi kuzatildi. Tajriba qismi Ushbu natijalar on-line tarzda ishlovchi PASS dasturi ma’lumotlari asosida olindi. Tadqiqot predmeti sifatida betulin, betulin kislotasi, 3-β, 28-difosfat betulin, betulinning 28-o-trifenilmetil efiri, betulin aldegidlari olindi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 375 Xulosa Pass (on-line) dasturida betulin va uning ba’zi hosilalarining biologik faolliklari o’rganilganda o’rganilgan kasalliklarga nisbatan betulin hosilalari ichida ko’proq betulin kislotasining biologik faolligi yuqori bo’lishi kuzatildi. Bu modda sezilarli darajada toksik ta’sirga ega va o’sma hujayralariga hamda patogen viruslarga qarshi ijobiy ta’sirga ega ekanligi aniqlandi. Download 340.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling