Betulin va uning ba’zi bir hosilalarining biologik faolligini pass (online) dasturida tekshirish


Download 340.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi340.88 Kb.
#1508707
  1   2
Bog'liq
betulin-va-uning-ba-zi-bir-hosilalarining-biologik-faolligini-pass-online-dasturida-tekshirish (1)



Betulin va uning ba’zi bir hosilalarining biologik faolligini 
PASS (online) dasturida tekshirish 
 
Madina Zokirjon qizi Sulaymanova 
Hamza Sayidmurodovich Toshov 
Alisher Xamidovich Xaitbaev 
O’zbekiston milliy universiteti 
 
Annotatsiya: Hozirgi kunda kimyo sohasida tadqiqotlar olib borishda yangi 
modda sintez qilishning o’zi tadqiqot natijalari uchun yetarli hisoblanmaydi. Shunday 
ekan, sintez qilingan yangi birikmaning fizik-kimyoviy xossalari bilan bir qatorda 
biologik faolligini o’rganish davr talabi hisoblanadi. Ushbu tadqiqotimizda Betulin va 
uning ba’zi bir hosilalarining biologik faolligini Pass (online) dasturida tekshirish 
natijalari keltirilgan. 
Kalit so’zlar: Betulin, PASS (online), farmakologik faollik, Pa qiymati
gepatoprotektor, Pi qiymati, antineoplastik 
Testing the biological activity of betulin and some of its 
derivatives in a PASS (online) program 
Madina Zokirjon qizi Sulaymanova 
Hamza Sayidmurodovich Toshov 
Alisher Khamidovich Khaitbaev 
National University of Uzbekistan 
Abstract: At present, the synthesis of a new substance in the field of chemistry 
is not sufficient for the results of research. This study presents the results of testing 
the biological activity of Betulin and some of its derivatives in the Pass (online) 
program. 
Keywords: Betulin, PASS (online), pharmacological activity, Pa value, 
hepatoprotector, Pi value, antineoplastic 
Kirish 
PASS online dasturi 300 mingdan ortiq organik birikmalarning tuzilishi va 4 
mingdan ziyod biologik faollik turlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. 
Dastur moddaning strukturasiga asosan biologik faolligini o’rtacha 95 % dan ko’p 
aniqlik bilan o’rganish mumkin. Bunda modda uchun Pa qiymat ayni kasallikka 
nisbatan farmakologik faollik bo’lsa, Pi qiymat esa shu kasallikka nisbatan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
373


farmakologik faol emas ko’rsatkich shaklida ma’lumot beradi. P >0,71 qiymatda 
modda berilgan kasalliklarga nisbatan farmakologik faolligi yuqori bo’lish ehtimolini 
bildiradi [1-2]. 
Olingan natijalar tahlili 
PASS (online) dasturi ma’lumotlariga asoslanib, o’rganishlarimiz shuni 
ko’rsatdiki, betulin va uning hosilalarida ko’pgina kasalliklarga nisbatan biologik 
faollikni va ingibitorlik xusuyatini namoyon qilar ekan ekan. Quyidagi 1-6 
grafiklarda Betulin va uning ba’zi hosilalarining ayrim biologik faolliklari 
taqqoslangan.
1-rasm. Antineoplastik 
(Leyshmaniya)
2-rasm. Jigar kasalligiga 
qarshi faollik 
3-rasm. Antineoplastik
(O’pka saratoni) 
4-rasm. Gepatoprotektor faollik 
0,704
0,814
0,753
0,64
0,66
0,68
0,7
0,72
0,74
0,76
0,78
0,8
0,82
0,84
1
2
3
4
5
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
374


5-rasm. Antineoplastik (melanoma) 
kasalligiga qarshi faollik 
6-rasm. Antineoplastik (yo’g’on ichak 
saratoni) kasalligiga qarshi faollik 
*
1. Betulin, 2. Betulin kislota, 3. 3-β, 28-difosfat betulin, 4. Betulinning 28-O-
trifenilmetil efiri, 5. Betulin aldegid
Betulin va uning hosilalarining farmakologik faolligi juda keng bo’lib, 
yetarlicha darajada yaxshi o’rganilgan. Betulin tabiiy gepatoprotektor sifatida 
jigarning o’tkir va surunkali zararlanishi holatlarida, jigarning virusli (gepatit A, B, 
C) kasalliklarida samarali ta’sirga ega. Lekin jigar kasalliklarini davolashda 
betulinning xrom (VI) oksidi ta’sirida osonlik bilan hosil bo’lgan betulin 
kislotasining Pa qiymati betulinga nisbatan yuqoriligi ko’rildi va 3-β, 28-
difosfatbetulin hamda betulinning 28-O-trifenilmetil efiri uchun Pa qiymati 
kuzatilmadi. Shuningdek, gepatoprotektorlik xususiyatining eng yuqori biologik 
faolligi ham betulin kislotada aniqlandi.Yana bir qator kasalliklarga davo bo’luvchi 
betulin va uning hosilalari antineoplastik (o’pka saratoni, yo’g’on ichak saratoni
melanoma, leyshmaniya, ko’krak bezi saratoni) kabi o’sma kasalliklariga samarali 
darajada ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, leyshmaniya kasalligini davolashdagi eng yuqori 
biologik faollik 3-β, 28-difosfat betulin moddasida aniqlandi. Bu moddaga nisbatan 
4- va 5- moddalarning faolligi kamroq. O’pka saratoni kasalligidagi biologik 
faollikda betulin moddasining oksidlanishidan hosil bo’lgan betulin aldegidning Pa 
qiymati yuqoriligi ko`rildi. Yo’g’on ichak saratoni kasalligi uchun betulin va 
trifenilxlormetan asosida sintez qilingan betulinning 28-O- trifenilmetil efiri yuqori 
faollikka ega bo’lishi va betulinga aldegid guruh kiritilganida esa faollik keskin 
kamayishi kuzatildi. 
Tajriba qismi 
Ushbu natijalar on-line tarzda ishlovchi PASS dasturi ma’lumotlari asosida 
olindi. Tadqiqot predmeti sifatida betulin, betulin kislotasi, 3-β, 28-difosfat betulin, 
betulinning 28-o-trifenilmetil efiri, betulin aldegidlari olindi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
November 2021 / Volume 2 Issue 11
www.openscience.uz
375


Xulosa
Pass (on-line) dasturida betulin va uning ba’zi hosilalarining biologik faolliklari 
o’rganilganda o’rganilgan kasalliklarga nisbatan betulin hosilalari ichida ko’proq 
betulin kislotasining biologik faolligi yuqori bo’lishi kuzatildi. Bu modda sezilarli 
darajada toksik ta’sirga ega va o’sma hujayralariga hamda patogen viruslarga qarshi 
ijobiy ta’sirga ega ekanligi aniqlandi.

Download 340.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling