Bevosita va bilvosita soliqlar


Soliq xizmati idoralari tizimi, ularning vazifalari, huquqlari


Download 33.69 Kb.
bet6/8
Sana21.02.2023
Hajmi33.69 Kb.
#1217944
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQLAR

3. Soliq xizmati idoralari tizimi, ularning vazifalari, huquqlari.

Yuqorida qayd qilinganidek, soliq siyosati davlat, ya'ni uning vakolatli organlari tomonidan olib boriladi. Agar ushbu vakolatli organlar hokimiyat turi nuqtai-nazaridan olib qaraladigan bo‘lsa, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linadi. Ayrim hollarda davlatning soliq siyosati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan olib boriladi, degan fikrlar uchraydi. Amalda esa soliq siyosati davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari: Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va sud hokimiyatlari faoliyatlarining ajralmas qismi sifatida kompleks tarzda amalga oshiriladi.


Bu hokimiyatlar tomonidan soliq siyosati quyidagi tartibda ishlab chiqiladi va uning ijrosi ta'minlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat hisoblangan Oliy Majlis tomonidan soliqqa oid va unga bevosita tegishli bo‘lgan qonunlar qabul qilinadi, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi yoki ayrimlari bekor qilinadi. Demak, soliq siyosatining huquqiy negizlari mazkur hokimiyat faoliyati bilan bog‘liqdir. Ijro hokimiyati bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi va uning bo‘linmalari, Davlat Soliq Qo‘mitasi, Moliya Vazirligi, Adliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, mahalliy hokimiyatlar va boshqa tegishli organlar tomonidan Oliy Majlis tomonidan qonun yo‘li bilan joriy etilgan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlarning ishlash mexanizmini ta'minlashga xizmat qiluvchi huquqiy- me'yoriy hujjatlar orqali ularning ijrosi ta'minlanadi. Bunda albatta ijro hokimiyatining bir bo‘g‘ini hisoblangan Davlat soliq qo‘mitasining soliq siyosati ijrosini ta'minlashdagi alohida o‘ringa ega ekanligini qayd etish lozim. Bundan tashqari, har yilning oxirida kelgusi yil uchun amal qiladigan soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq stavkalarini tasdiqlash, o‘zgartirishlar kiritish vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilgan. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo‘g‘inlari bilan birga sud hokimiyatining bo‘g‘inlari ham alohida ahamiyatga ega. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishi bozor munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan qator ilmiy asoslangan soliqlarni joriy etish va shu orqali mavjud soliq tizimini tubdan qayta tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Soliq siyosatining keyingi yo‘nalishi esa joriy etilgan soliqlarning samarali amal qilishini ta'minlash maqsadida soliq munosabatlarini amalga oshiruvchi tegishli muassasalarni tashkil etishga qaratildi. Xususan, dastlab Vazirlar Mahkamasi qoshida Soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lsa, 1994 yilga kelib bu boshqarma Davlat Soliq Qo‘mitasiga aylantirildi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi. Bundan ko‘rinadiki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida soliq siyosatida asosan tashkiliy jihatlarga e'tibor qaratildi.

tadqiqotlarida o’rin oldi. J.Kеyns iqtisodiyotni tartibga solishning turli xil usullarini chuqur tadqiq etar ekan, soliqlar omiliga alohida e'tibor qaratadi.



Download 33.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling