Bevosita va bilvosita soliqlar
O`zbekistonda bilvosita soliqlar
Download 33.69 Kb.
|
BEVOSITA VA BILVOSITA SOLIQLAR
O`zbekistonda bilvosita soliqlar
Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo‘shimcha bo‘lgani holda, pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmaydi. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari hisoblanadilar. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalar ham tushuniladi. Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanmaydilar: a) notijorat tashkilotlari. Bunda tadbirkorlik faoliyatidan daromad oluvchi notijorat tashkilotlari ushbu faoliyat bo‘yicha soliqni umumbelgilangan tartibda to‘laydilar. b) soliq solishning soddlashtirilgan tartibi o‘rnatilgan yuridik shaxslar (agar ularda qonunchilikka binoan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelmasa). Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblashda soliq solish ob'ekti bo‘lib, hisoblangan foyda solig‘i chegirilganidan keyingi sof foyda (daromad) hisoblanadi. Byudjetga to‘lanadigan soliq summasi yuqorida ko‘rsatilgan hisobot shaklining 260-satrida aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-532son qaroriga muvofiq 2007 yilda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i stavkalari quyidagi jadvaldagi miqdorlarda belgilangan (7-jadvalning 1-bandi): 7-jadval Download 33.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling