Bir blokga joylashtirilgan armatura va qoliplash sexlari uskunalarini joylashtirishning 3 sxemasi bor. - Bir blokga joylashtirilgan armatura va qoliplash sexlari uskunalarini joylashtirishning 3 sxemasi bor.
- 1-sxema-uskunalar-qoliplash agregatining oldiga joylashtiriladi; 2-sxemada esa-qoliplash sexiga parallel, alohida proletda joylashtiriladi; 3-sxemada texnologik (potok) oqim bo‘yicha uskunalarni joylashtirishni tavsiya etish bilan, armatura tayyorlaydigan xarakatning qarama-qarshi kelib qolishdan xalos etiladi.
- Armatura sexi tayyorlash, payvand, kattalashtirib yig‘ish va ko‘ndiriladigan detallarni tayyorlovchi bo‘limlardan iborat. Bu bo‘limda quyidagi vazifalar bajariladi: to‘g‘rilash, kesish, egish, uchma-uch payvand (yarim maxsulot); tekis karkas va to‘rlarni payvandlash; karkas va to‘rlarni egish; karkaslarni kattalashtirib yig‘ish; qo‘ndiriladigan detallarni tayyorlash; armatura mahsulotlariga ishlov berish (sterjenlar va o‘rnatiladigan detallarini yopishtirish, aloxida sterjen va to‘rlarni teshish).
- Zarur bo‘lgan jarayonlarni moslab tanlash va uskunalarni shunga yarasha armatura sexiga joylash. Uskuna turiga quyidagilar kiradi:
- Armatura po‘latini to‘g‘rilash va kesish stanogi.
- Armatura sterjinini kesish, elektr qaychilari yoki press qaychilar bilan armatura sterjenini kesish.
- Aloxida armatura sterjenlarini va tekis to‘rlarni qayirish stanoklari.
- Payvandlash uskunalari-yoysimon payvand apparati, uchma-uch, nuqtali va ko‘p nuqtali payvandlaydigan mashinalar.
Sexda armatura tayyorlash bir nechta potokda olib boriladi va uskunalarni sexda mexanizatsiyalashtirilgan potok liniyalari bo‘ylab joylashtiriladi. - Sexda armatura tayyorlash bir nechta potokda olib boriladi va uskunalarni sexda mexanizatsiyalashtirilgan potok liniyalari bo‘ylab joylashtiriladi.
- Mashina va agregatlar texnologik ketma-ketlik asosida o‘rnatiladi.
- Bir potok liniyasi engil armatura to‘rini tayyorlash uchun, ikkinchisi og‘ir armatura uchun moslashtiriladi. Sex bo‘yicha potok liniyalari oralig‘ida transport uchun o‘tish oralig‘i: armaturalarni vagonetkalarda transportirovka qilinsa eni 3,0-3,5 m kran-balka va 2,0-2,5 m elektrotelfer bo‘lsa. Sexda uskuna quyidagicha ketma-ketlikda joylashtiriladi. Kanatli buxta va sterjenlar potok liniyaning bosh qismiga aloxida tayyorlangan maydonga o‘rnatiladi. 1,0-1,5 m oraliqda tortish moslamasi va 2-2,5 m dan keyin to‘g‘rilash-kesish stanoklar o‘rnatiladi. Oxirgisi bir-biriga parallel xolatda o‘rnatiladi, biri engil armatura uchun, boshqasi og‘ir armatura uchun. Ular oralig‘i 1-1,5 m va devorgacha 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Armatura po‘latli yarim maxsulotlarni qabul qilish stellajining uzunligi 3,5-5 m.
- Keyin ikkala potok liniyani ta’minlaydigan eguvchi stanok o‘rnatiladi. Eguvchi stanokdan 4-5 m masofada ko‘p nuqtali payvandli mashina MTMK va to‘rni (700 mm kenglikda) payvandlaydigan bir nuqtali payvand mashinasi MTP va og‘ir armaturani qabul qiluvchi stol yoki rolgang uzunligi 6 m da joy oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |