Bha-73 Tolliboyeva Zilola Faxriddin qizi Savollarga javoblar


Download 38.8 Kb.
Sana04.06.2020
Hajmi38.8 Kb.
#114529
Bog'liq
BHA 73 Tolliboyeva Zilola 8 mavzu topshiriqlari Auditorlik ichki


BHA-73 Tolliboyeva Zilola Faxriddin qizi

Savollarga javoblar

  1. Ichki nazorat tizimi- bu buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligini ta’minlashga qaratilgan, hamda korxona resurslaridan maqsadga muvofiq oqilona foydalanishga imkon yaratadigan doimiy, kundalik ishlar majmuidir.

  2. Buxgalteriya hisobi tizimi – bu korxonanning buxgalteriya faoliyati “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari asosida tashkil etilganligi uning moliyaviy faoliyati hamda xo’hjalik faoliyati to’g’risida ma’lumot beruvchi tizimdir.

  3. Faoliyat sohasini bayon qilishda auditor asosiy diqqat-e’tiborini ichki nazoratning alohida uchastkalariga qaratadi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan ichki nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, natijada, noto’g’ri, befoyda qarorlar qabul qilish hamda zararlar vujudga kelishini imkon qadar kamaytiradi. Buning ustiga ichki nazorat yaxshi yo’lga qo’yilganda tasodifiy xatolar oson aniqlanadi, ataylab qasddan qilingan xatolar esa faqat puxta o’ylangan doimiy tekshiruv va mas’uliyatlarni taqsimlash tizimi yordamida bartaraf qilinishi mumkin.

  4. INT(ichki nazorat tizimi) elementlariga quyidagilar kiradi:

  1. axborotlarni to’plash tizimi mavjud xatolarni o’z vaqtida aniqlaydi;

  2. amaldagi mas’uliyat tizimi har qanday vazifani boshdan oxirigacha yakka o’zi amalga oshirishiga yo’l qo’ymaydi;

  3. har qanday muomalalarni muvofiqlashtirish tizimi mavjud;

  4. inventarizatsiya muntazam ravishda o’tkaziladi;

buxgalteriya hisobotlari va rejadan chetga chiqishlar tahlil qilinadi.

BXT(buxgalteriya xisobi tizimi) elementlari quyidagilar:

  • buxgalteriya apparati ishining to’g’ri tashkil etilganligi;

  • buxgalteriya xodimlari lavozim yo’riqnomalarining mavjudligi;

bajarilgan ish uchun har bir xodim javob beradigan qilib, xizmat vazifalarining buxgalteriya xodimlari o’rtasida taqsimlanganligi

  • korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi;

  • ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga muvofiq ishlatilishi;

  • korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinishi;

  • tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);

  • buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;

  • tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;

  • hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;

  • quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.




  1. Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi. Nazorat tizimining ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan, shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat.

  2. Tekshiriladigan korxonaning faoliyatini o’rganish uchun birinchi navbatda uning faoliyati o’rganiladi; ikkinchidan- bugalteriya xisobi tizimi o’rganiladi; uchinchidan – ichki nazorat tizimi o’rganiladi; to’rtinchidan–hisob siyosati o’rganiladi.

  3. Bugalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish – hisob siyosatini o’raginsh; bugalteriya xisobi tizimini o’rganish; ustavni o’rganish kabilar orqali amalga oshiriladi.

  4. Korxona buxgalteriyasining tashkil qilinishi quyidagi hujjatlarni o’z ichiga olishi mumkin: auditor axborot olishni rejalashtirgan asosiy xodimlar familiyalari ko’rsatilgan korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi; tashkiliy tuzilmada ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni; hisob tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigi; hisob tsikllari yo’nalishida namunaviy muomalalar bo’yicha provodkalar bayoni; bir martalik muomalalar va xato bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan muomalalar «o’zining» firmalari, mavozalari, komissiya va konsignatsiya shartnomalari, qo’shma faoliyat shartnomalari, lizing) bo’yicha schyotlar korrespondentsiyalari bayoni; hisob yuritish siyosatidagi yoki ayrim schyotlarni yuritish qoidalarida me’yordan chetga chiqishlar; hisobot ma’lumotlarini tekshirishning nazorat varaqasi.

  5. Hisob tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigini tekshirish- buxgalteriya xisobi tizimini o’rganish orqali amalga oshiriladi.

  6. Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:

  • tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);

  • buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;

  • tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;

  • hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;

quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.

  1. Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda hujjatlashtirishda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanishi zarur:

  • maxsus ishlab chiqilgan testlar;

  • rahbar xodimlar va buxgalteriya xodimlarining fikrlarini aniqlash uchun namunaviy savollar ro’yxati;

  • maxsus blankalar va tekshiruv varaqalari; bloksxemalar va grafiklar;

  • kamchiliklar ro’yxati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar.

O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida ichki nazoratga taaluqli qandaydir maxsus talablar yo’q. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baholashda ikkita omilga tayanadi:

  • ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun ham bir xil buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash;

auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza qilish natijalarini aks ettirish zarur.

  1. Nazorat muhiti deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rah-bariyatining xabardorligi, ichki nazorat tizimini o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlari tushuniladi.

  2. Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat:

  • siyosat va boshqaruv uslublari;

  • korxonaning boshqaruv tuzulmasi;

  • direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati;

  • boshqaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari;

  • nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit;

  • kadrlar siyosati va amaliyot.

Masalalarga javoblar:

1-masala:


  1. “ODIL-AUDIT” kompaniyasining «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ma’lumotlariga ko’ra korxonada 3 nafar ma’muriyat xodimi mavjud. Bular:

  1. Korxona rahbari

  2. Bosh buxgalter

  3. Yordamchi buxgalter

  1. Hisob siyosati korxona ichki nazoratini baholashda muhim hisoblanadi

  2. Yuqorida keltirilgan funksiyalar xodimlar o’rtasida to’g’ri taqsimlanmaganidadir. Ushbu muammoni hal qilish maqsadida funksiyalarni quydagicha taqsimladim: bosh buxgalter-bosh kitobni yuritish, to’lanadigan schotlar registrlarini yuritish, pul tushumlarini yig’ish va ularni bankdagi hisob-kitob schotiga o’tkazish; yordamchi buxgalter-olinadigan schotlar rejasini yuritish, cheklarni imzolashga tayyorlash, to’lov jurnalini yuritish; korxona rahbari-bankdagi schotlarni nazorat qilish.

  3. Korxona rahbari-bankdagi schotlarni nazorat qilish

Bosh buxgalter-bosh kitobni yuritish, to’lanadigan schotlar registrlarini yuritish, pul tushumlarini yig’ish va ularni bankdagi hisob-kitob schotiga o’tkazish;

Yordamchi buxgalter-olinadigan schotlar rejasini yuritish, cheklarni imzolashga tayyorlash, to’lov jurnalini yuritish.

2-masala:


Masalanibajarishyuzasidanko‘rsatmalar
1. Bajarilganishlarnatijalari "tekshirishnazoratvarag‘i" ishhujjatigayozilgan.
2. Hisobsiyosatigaichkinazoratningbirelementinuqtayinazaridanbahobering.













Savol

Javob

Izoh

1.Hisob ishlarinitashkilqilish

Ha

Yo‘q

 

1.1.Hujjatlaraylanishigrafiginimavjudligi.

1.2.Ishchirejasinimavjudligi.

2.1.Eskirishhisoblashtartibi.

Javob

 

Asosiyvositalarbo‘yicha:

 

1.1.1           To‘g‘richiziqli usul.

ha

 

soliqqa topshirish nuqtai nazardan ushbu usul yaxshiroq

1.1.2           Qoldiqnikamayishusuli.

 

yo'q

soliqqa topshirish nuqtai nazardan maqbul emas

1.1.3           Kumulyativusul.

 

yo'q

soliqqa topshirish nuqtai nazardan maqbul emas

1.1.4           Ishlabchiqarishusuli.

 

yo'q

soliqqa topshirish nuqtai nazardan maqbul emas

1.2.              Nomoddiyaktivlarbo‘yicha.

Javob

 

1.2.1.         To‘g‘richiziqli usul.

ha

 

soliqqa topshirish nuqtai nazardan ushbu usul yaxshiroq

1.2.2.         Ishlabchiqarishusuli.

 

yo'q

amaliy ushbu usul yaxshiroq ammo soliqqa topshirish nuqtai nazardan emas

1.3.              Xo‘jalik jihozlari va inventarlar (A.B.T.E.B.)bo‘yicha:

Javob

 

2.3.1 100% yoki 50% li usul.

ha

 

qiymati nuqtai nazardan kamligi

2.3.2 To‘g‘richiziqli usul.

 

yo'q

soliqqa topshirish nuqtai nazardan ushbu usul yaxshiroq

2.3.3 Ishlabchiqarishusuli.

 

yo'q

asosan ishlab chiqarish bilan bevosita aloqada bo'lgan hollarda yaxshiroq samara beradi

3.0 Asosiyvositalarningta’mirlashhisobi:

Javob

 

3.1 Ta’mirlash ningamalga oshirish yuzasidan xarajatlarni qo‘shish.

 

yo'q

maxsulot tannarxini keskin ko'tarib yuboradi

3.2 Asosiyvositalarnita’mirlashuchunzaxiratashkilqilish.

 

yo'q

alohida zahira xarajatlarini tashkil qilish kapitalni likvidliligini pasaytiradi

3.3 Haqiqiy xarajatlarni kelgusida vr xarajatlar ihisobiga hisobdan chiqarish.

ha

 

bu harajat yuzaga kelgan paytda hisobga olinadi

4.0 Moddiyboyliklarkirimihisobi:

ha

 

sababi moddiy boyliklar korxona balansining aktivi hisoblanib uning to'lovga layoqatliligiga ta'sir ko'rsatadi

5.0 Materiallarningbaholashtartibi:

Javob

 

5.1 O‘rtacha qiymatbo‘yicha (AVECO).

ha

 

mamlakatimizda yo'lga qo'yilgan hamda eng oson usullardan biri ammo doim ham to'gri emas

5.2 LIFO.

 

yo'q

tavsiya etilmaydi sababi bu usul mahsuloq tannarxini oshirib yuboradi

5.3 FIFO.

 

yo'q

qo'llanilmaydi ammo amaliy jihatdan o'rganganimizda xarajatlarni kamaytrish usulidir

6.0 Tovarlarningbaholashusullari:

Javob

 

6.1 Sotibolishbahosibo‘yicha.

 

yo'q

sotib olingandan keyingi muddat t'siri mavjud

6.2 Sotishbahosibo‘yicha.

ha

 

yaxshiroq hisob davri bo'yicha amal qiladi

7.0 Ishlab chiqarish xarajatlari guruhlash va ularni hisobdan chiqarish:

Javob

 

7.1 To‘laishlabchiqarishtannarxibo‘yicha.

 

yo'q

sababi ba'zida ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni barchasini ham hisobdan chiqarilmaydi jumladan asosiy vositalar sotib olinganda harajat tannarxga qo'shilib hisobdan chiqarilsa maxsulot tannarxi oshib ketadi

7.2 Marjinalusulbo‘yichayokiqismanishlabchiqarishtannarxibo‘yicha.

ha

 

sabab asosiy vositalar sotib olinganda harajat tannarxga qo'shilib hisobdan chiqarilsa maxsulot tannarxi oshib ketadi shu sababdan bular sekin astalik bilan hisobdan chiqariladi

9.0 Tugallanmaganishlab chiqarishnibalansdaaksettirishusullari:

Javob

 

9.1 Haqiqiytannarxbo‘yicha;

 

yo'q

sababi hali tugallanmagan ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlarni to'lq hisobga olib bo'lmaydi

9.2 Rejatannarxbo‘yicha;

 

yo'q

sababi hali tugallanmagan ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlarni to'lq hisobga olib bo'lmaydi

9.3 Xarajatlarningbevositamoddalaribo‘yicha;

ha

 

bxarajatlarning bevosita moddalari bo'yicha hisobga olgan maqsadga muvofiqdir

10.0 Tayyormahsulotnibaholashtartibi:

Javob

 

10.1 Haqiqiyishlab chiqarishtannarxibo‘yicha;

ha

 

haqiqiy tannarx bo'yicha baholash xarajatlarni to'gri baholash va foydani to'g'ri hisobga olish uchun

10.2 Rejatannarxbo‘yicha;

 

yo'q

rejada mavjud bo'lgan narxlar doim ham haqiqiy tannarxga to'g'ri kelmaydi

11.0 Soliqlar yuzasidanmahsulothisobitartibi:

Javob

 

11.1 Tovarlar (ish, xizmatlar)nijo‘natish (ko‘rsatish) hamdaxaridorlardanhisob-kitobhujjatlariniqabulqilishtadbirlaribo‘yicha;

 

yo'q

 

11.2 Schotnito‘lashtartibibo‘yicha;

ha

 

 

12.0 Kurs farqlarihisobusullari:

Javob

 

12.1 9540-"Valuta kurslari farqidandaromadlar" schotiyordamida;

ha

 

valyuta kurslaridan farqlar bo'yicha daromadni hisobga oluvchi schot

13.0 Fondlarvarezervlarmavjudligi;

Javob

 

13.1 Zaxirafondi;

 

yo'q

fond bilan rezerv shundog'am zaxira fondi demakdir

13.2 Kelgusidavrxarajatvato‘lovlarizaxirasi;

ha

 

rezerv va fondlar kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ehtimoliy xarjatlar uchun to'lov manbasi sifatida shakllantiriladi

13.3 Ta’mirlashbo‘yicha;

 

yo'q

 

13.3.1 Ta’tilhaqito‘lovibo‘yicha;

ha




ta'til haqi bo'yicha xarajatlar kelgusi davr xarajatlariga kiritiladi

13.3.2 Maxsusfondlar;

 

yo'q

 

3-masala:

  1. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi muddati 10 yildan kam bo’lgan muddatda kamida 5 yil saqlanishi shartligi nazarda tutilgan muddati kelgan hujjatlar esa korxonaning maxsus tizilgan tarkibi (kengashi) qaroriga muvofiq hamda saqlash uchun mo’ljallangan arxivning hajmiga ko’ra yuritiladi.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun korxona hisob siyosati, O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuni hamda shunga oid qonun hujjatalari va president farmonlaridan foydalanishi zarur.

Download 38.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling