Bha-92-2k guruhi talabasi Yoqubova Ro`zigulning G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish


Xarajatlar smetasi 1- va 2- guruh xarajatlari


Download 10.91 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi10.91 Kb.
#1398706
1   2   3
Bog'liq
Газначилик

2. Xarajatlar smetasi 1- va 2- guruh xarajatlari
bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish
Naqd pul mablag’lari berishda cheklarning ishlatilish tartibi va shartlari qonunchilik orqali tartibga solinadi. Naqd pul olish uchun chek daftarchalarini g’aznachilik bo’linmasi xizmat ko’rsatuvchi bank filialidan ularni keyinchalik byudjetdan mablag’ oluvchilarga tarqatish uchun oladi. Bunda, byudjetdan mablag’ oluvchilar g’aznachilik bo’linmalariga byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbari va bosh hisobchisi imzosi qo’yilgan ishonchnoma va so’rovnomalarni taqdim qiladi. Byudjetdan mablag’ oluvchiga berilgan chek daftarining raqamlari uning g’aznachilik bo’linmalaridagi imzo namunalari kartochkalariga yoziladi. Moliya yili mobaynida o’rnatilgan tartibda ishlatilgan chek daftarchalari byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan moliya yili yakunlangunga qadar g’aznachilik bo’linmalariga qaytarilishi lozim.
G’azna hisobvaraqlaridan naqd pul mablag’lari olish uchun chek – bu g’aznachilik bo’linmasining ma’lum naqd pul summasini byudjetdan mablag’ oluvchiga berishga yozma topshirig’idir. Cheklar byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan qo’lda yoziladi. Cheklarga o’chirib yozish, tuzatish, to’g’rilashlarga yo’l qo’yilmaydi. Faksimil ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydi. Cheklar o’n kun davomida (ularni yozib berilgan kundan tashqari) haqiqiy hisoblanadi. Chek raqami imzo va muhr izi namunasi kartochkada ro’yxatga olingan chek daftarchasi raqami va seriyalariga muvofiq bo’lishi lozim. Pul cheklari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Banklar tomonidan cheklar bo’yicha naqd pul mablag’larini berish ularda imzo namunasi kartochkasida ko’rsatilgan imzo qo’yish huquqiga ega g’aznachilik bo’linmasining mansabdor shaxslari imzosi va g’aznachilik bo’linmasining muhri bilan tasdiqlanganligi mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. G’azna hisobvaraqlaridan mablag’lar berish uchun cheklarga g’aznachilik bo’linmasi rahbari va mas’ul xodimining imzosi va g’aznachilik bo’linmasining muhri qo’yiladi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarga beriladigan cheklarda faqat nomi ko’rsatilgan bo’lishi mumkin.

Download 10.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling