Bha-92-2k guruhi talabasi Yoqubova Ro`zigulning G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish
-guruh xarajatlari to’lovlarini amalga oshirish tartibi
Download 10.91 Kb.
|
Газначилик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- guruh xarajatlari to’lovlarini amalga oshirilishi
3-guruh xarajatlari to’lovlarini amalga oshirish tartibi.
III guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi. G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini o’tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda; qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’xatlari asosida va tegishli ob’ektlar bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvarag’laridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari doirasida bo’lganda; agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi, bunda to’lov topshiriqnomasining “To’lovchining nomi” ustunida g’aznachilik bo’linmasining nomi, “To’lovchining hisob raqami” 124 ustunida – g’azna hisobvarag’i, “To’lov maqsadi” ustunida – byudjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvaraq raqami, byudjet tasnifining tegishli kodi, to’lovni o’tkazishga asos bo’ladigan hujjatlar, shuningdek to’lov maqsadi ko’rsatiladi. 4- guruh xarajatlari to’lovlarini amalga oshirilishi IV guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot etkazib beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar etkazib berilganligini (ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, yoki byudjetdan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida qabul qilinadi. G’aznachilik bo’linmasi byudjetdan mablag’ oluvchilarning to’lov topshiriqnomalari asosida g’azna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari bo’yicha xarajatlarni byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarining tegishli moddalarida nazarda tutilgan ajratilgan byudjet mablag’lari limitlari doirasida amalga oshiradi. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi to’lov topshiriqnomalari bilan quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi: byudjetdan mablag’ oluvchilarning IV guruh xarajatlarining tegishli moddalari bo’yicha byudjet mablag’lari qoldiqlari summalari doirasida; agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga olingan shartnomaga muvofiq to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari summasidan oshmasa; hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar etkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud bo’lganda va byudjetdan mablag’ oluvchining mahsulot etkazib beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchini mahsulot etkazib beruvchiga byudjet (byudjetdan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans to’lovlarini) o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida; 126 to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan mahsulot etkazib beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomi va rekvizitlari shartnoma va hisobvaraq-fakturada yoki tovar (ish, xizmat)lar etkazib berishni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarda mahsulot etkazib beruvchining, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganida. XULOSA Xulosa qilganda, g‘aznachilikda moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirishda yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarni eʼtiborga olinishi ijobiy ahamiyat kasb etadi. Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq bo’lganda, g’aznachilik bo’linmasining vakolatli xodimi “TEKShIRILDI” belgisini, to’lov topshiriqnomasini birinchi nusxasining orqa tomoniga to’lov topshiriqnomasi qabul qilingan sanani va o’zining imzosini qo’yadi. To’lov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini g’aznachilik bo’linmasi boshlig’i va mas’ul shaxsining imzolari va g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so’ng amalga oshiriladi. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 10.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling