Bia-80 guruh talabasi azizxonov asilbek


Download 1.66 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1392682
Bog'liq
LIZING haqida


LIZING
BIA-80 guruh talabasi AZIZXONOV ASILBEK
lizing (moliyaviy ijara) — bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi.
lizing obyektlari — tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk (yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno)
Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirish kerak?
O‘zbekistonda lizing to‘lovlari bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
• Dastlabki to‘lov – bu odatda tovarning sotib olish narxining
20-30%ni tashkil etadi;
• Oylik to‘lovlar. Ular ikki xil shaklda bo‘ladi: annuitet (butun muddat davomida bir xil miqdorda oylik to‘lovlarni amalga oshirasiz) va regressiv – birinchi oyda Siz ko‘proq to‘lovni amalga oshirasiz, keyingi oylarda to‘lov miqdori asta-sekin kamayadi.
Nimani lizingga olish mumkin emas?
Yer uchastkasini, tabiiy obyektni (masalan, dala yoki ko‘l) va davlatga tegishli bo‘lgan hamda qonun bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilmaydigan mulkni (masalan, binolar, madaniy yodgorliklar) lizingga olish mumkin emas.
Lizing obyektlari
O‘zbekistonda lizing obyektlari sifatida tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char va ko‘chmas mulklar bo‘lishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasining 14.04.1999 yil sanasidagi №756-I-sonli “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni).
Lizing kimlar uchun?
Maxsus uskunalar, transport vositalari, ko‘chmas mulk yoki biznes jihozlariga muhtoj yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar lizingdan foydalanadi. Agar Sizga mashina kerak bo‘lsa, Siz jismoniy shaxs sifatida ham lizingni olish imkoniyatiga egasiz.
Lizing tarixi
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling