Bia 91-2 guruh talabasi: xalilov azizbek


Download 9.71 Kb.
bet3/4
Sana18.11.2023
Hajmi9.71 Kb.
#1784721
1   2   3   4
Bog'liq
Korxona raqobatbardoshligini boshqarish

Mamlakatimiz sanoatida faoliyat ko‘rsatayotgan, turli yuridik maqomga ega bo‘lgan ko‘plab korxonalarda boshqaruvning yangi, innovatsion shakllarini qo‘llash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. jumladan, o‘tgan asrning 80-yillarida AQSHning “Mckinsey” konsalting kompaniyasi maslahatchilari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan “Mckinsey 7s” modelini qo‘llash iqtisodiyotimizning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi

Modelning asosiy mualliflari Tom Peters va Robert Vatermanlar hisoblanib, ular tomonidan modelning asosiy tamoyillari ko‘rsatib o‘tilgan va mazkur tamoyil asosida korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. bugungi kunga kelib, model butun dunyoda amaliyotda qabul qilingan hamda korxona tasarrufida omilkor biznes jarayonlarini yaratishga va optimallashtirish uchun foydalanadigan strategik boshqaruv va marketing bo‘yicha ko‘plab korxona rahbarlari va mutaxassislarining ishonchini qozongan. “Mckinsey 7s” modeli kompaniyaning ichki tashkiliy tuzilmasini va faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini tahlil qilishning qulay vositasi hisoblanadi. ushbu model asosida korxona mikro iqtisodiyotining 7 ta asosiy elementi tahlil qilinadi va quyidagi xulosani berishga imkon beradi, ya’ni, korxona tasarrufidagi biznes jarayonlar qanday darajada yaxshi tashkil etilgan va mavjud resurslar qanchalik samarali tarzda yo‘naltirilgan

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, o‘z ishlarida strategik boshqaruvni ishlatadigan sanoat korxonalari muvaffaqiyatli va foydali hisoblanadi. Korxonangizda muayyan maqsadlar mavjud bo‘lmasdan raqobatli kurashda omon qoladigan biznesni topa olmaysiz Strategik boshqaruv va boshqaruv o‘rtasidagi farq:

Strategik ahamiyatga ega tarmoqlarni boshqarishda taklif etilayotgan modelni kuzatish mumkin. bunda innovatsion g‘oya-fikrga ega salohiyatli menejer korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash maqsadida uzoqni ko‘ra bilishi hamda qisqa va uzoq muddatli strategiyaga tayangan holda ichki va tashqi rejalashtirishni to‘g ‘ri amalga oshirishi va risklarning oldini olgan holda korxona istiqboli uchun o‘ta muhim qarorlarni qabul qila olishida quyidagi nazariy ketma-ketlikka amal qilishni taklif etmoqdamiz.


Download 9.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling