Bia-97-2 guruh talabasi Sirojiddinov Odil ning Pul va Banklar fanidan oraliq nazorat ishi Variant №11
Download 83.85 Kb.
|
pul va banklar oraliq nazorat ishi
BIA-97-2 guruh talabasi Sirojiddinov Odil ning Pul va Banklar fanidan oraliq nazorat ishi Variant № 11 Pulning funktsiyalari bo‘yicha Amerika maktabi tarafdorlari qarashlari Pul tizimining elementlari Inflyatsiyaning turlari: lokal inflyatsiya va global inflyatsiya. Devalvatsiya va uni amalga oshirish tartibi Tijorat krediti 1. Pulning funktsiyalari bo‘yicha Amerika maktabi tarafdorlari qarashlari Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud: 1.Yevropa maktabi. 2. Amerika maktabi. Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan: 1.Qiymat o`lchovi funksiyasi. Pullar tovarlar va boshqa tovarlarning narxlarini belgilash orqali ularning qiymati va foydaliligini (foydalanish qiymatini) ifodalash uchun ishlatiladi. Narx tovar qiymati va foydaliligini pul ifodasi sifatida ishlaydi. Tovar narxi o`rtacha qiymatga teng, ammo talab va taklifga qarab u o`zgarib turadi va ushbu qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy ekvivalent bo`lgan pulda o`lchanadi. Pulning o`zi hech qanday narxga ega emas. Ular sotib olish qobiliyatiga ega, bu ularning ma’lum miqdordagi tovarlar va xizmatlarga almashtirish qobiliyati sifatida tushuniladi. Qog’oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda 1 dollardan 10 dollargacha bo`lgan kupyuralar AQSH G’aznachiligi tomonidan muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo`q. Bu vazifani AQSH G’aznachiligi bajaradi. Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu banknotalar bo`lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi. O`zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta`minlanadi. Qiymatni o`lchash funksiyasi narxlar shkalasi asosida amalga oshiriladi. Bu har xil narxdagi tovarlar narxlarini taqqoslash uchun kerak. Narxlar shkalasi bu pulning texnik funksiyasidir, u yordamida qiymatni o`lchash funksiyasini bajariladi. Download 83.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling