Bia-97-2 guruh talabasi Sirojiddinov Odil ning Pul va Banklar fanidan oraliq nazorat ishi Variant №11


Download 83.85 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2023
Hajmi83.85 Kb.
#1146170
1   2
Bog'liq
pul va banklar oraliq nazorat ishi

2. Pul tizimining elementlari.

Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.


Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi.
1. Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.
2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
3. Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.

Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Šoђoz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.


Har bir bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
1. Pul birligi - so’m
2. Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar
3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.
4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.

3.Inflyatsiyaning turlari: lokal inflyatsiya va global inflyatsiya


Аlohida olingan bitta davlatda yoki bitta yaxlit hududda yuzaga kelgan inflyatsiya lokal inflyatsiya deyiladi.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda I. yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur miqdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar harid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi I.ga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli bilan saqlash ishonchliroq hisoblanadi. Gʻarb ilmiy manbalarida yillik I. surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻʼtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyasiyasa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi va bu oz navbatida global inflatsiyaga olib kelishi mumkin boladi.
4.Devalvtsiya va uni amalga oshirish tartibi

Devalvatsiya (de va lot. valeo — qiymat) — milliy pul birligi kursining chet el valyutalari (erkin almashtiriladigan valyutalar, xalqaro hisob birliklari)ga nisbatan pasaytirilishi. D. davlat tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinadi va qonunchilik asosida amalga oshiriladi. D. mamlakat savdo va toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bogʻliq holda yuz beradi. Uning ochiq D. (D. hukumat tomonidan qonun yoʻli bilan rasman eʼtirof qilinadi, eski qogʻoz pulning bir qismi muomaladan chiqariladi yoki kadrsizlangan pul almashtiriladi) va yashirin D. (qogʻoz pulning qadrsizlanishi, oltin taʼminotining kamayishi yuz beradi, lekin pulning bir qismi muomaladan olinmaydi) koʻrinishlari bor. 1978-yilgacha jahon mamlakatlari valyutalarining rasmiy qiymati ularning oltin taʼminotini taqqoslash orqali aniqlanar edi. 20-asrning 70-y.lari oxiridan (xalqaro kelishuvga muvofiq) barcha qadri baland valyutalardagi oltin nisbatlari bekor qilindi va D. u yoki bu chet el valyutasi (odatda, AQSH dollari, Germaniya markasi, ingliz funt sterlingi va b.)ga nisbatan pasaytirish yoʻli bilan amalga oshiriladigan boʻldi. Mac, 1990-yil 1 noyabr dan sobiq Ittifoqda amalda boʻlgan rubl AQSH dollariga nisbatan 1,8=1 dollar nisbatida D. qilindi.


5. Tijorat krediti

Tijorat krediti – kreditning boshqa turlariga nisbatan tarixan juda 


qadimda paydo bo’lgan. Uning vujudga kelishi bevosita tovarlarni ishlab 
chiqarish va ularning realizatsiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Tijorat 
kreditining ob’ekti bo’lib – savdo kapitali hisoblanadi. 
Tijorat krediti sotuvchi tomonidan sotib olingan tovarlarning to’lovini 
ma’lum muddatga kechiktirish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro bank 
amaliyotida ushbu kreditni vekselli kredit sifatida ta’kidlaydi. Veksel tijorat 
kreditining “quroli” hisoblanib, asosan barcha tijorat kreditlari veksel yordamida amalga oshiriladi. Bunda sotib oluvchi korxona sotuvchidan olgan 
tovarlar yoki ko’rsatgan xizmatlari uchun unga vekselni taqdim etadi. 
Veksellar odatda ma’lum muddatlarga (3 oy, 6 oy va 12 oy) sotib oluvchi 
tomonidan chiqarilgan bo’lib, sotuvchi vekselda ko’rsatilgan muddat etib 
kelganda uni bankka topshirish asosida asosiy summani va unga hisoblangan 
qo’shimcha foiz to’lovini olish huquqiga ega bo’ladi.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda tijorat kreditini xo’jalik krediti sifatida 
ham yuritishadi. Buning sababi shundaki, tijorat kredit bilan bog’liq iqtisodiy 
jarayonlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida amalga oshirilib, ushbu 
kredit turi kreditor – korxona tomonidan tovar yoki pul ko’rinishida berilishi 
mumkin. Tijorat kreditida kreditning ob’ekti tovarlar hisoblanib, tovarlarga 
to’lovlarni kechiktirish yo’li bilan veksel asosida beriladi. Pul 
ko’rinishidagisida kreditning ob’ekti qiymat hisoblanadi, bu kredit 
korxonaning ixtiyoridagi vaqtinchalik foydalanilmaydigan pul mablag’lari 
hisobidan beriladi. Tijorat krediti tovar yoki pul ko’rinishida berilishidan 
qat’iy nazar, bank kreditiga nisbatan juda qisqa muddatlarga beriladi.
Download 83.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling