Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya nazariyasi
- Bibliografiya tarixi
Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi,
metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirra- larini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy Yevropada paydo bo‘ldi. XX asrning 70- yillarida aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy bo‘limi: nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bo‘limi mavjud. Bibliografiya nazariyasi — bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushun- chalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxona- shunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdo‘stlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Mor- genshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Òrubnikov, Y. M. Òugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi. Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy 12 hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N. V. Zdobnov, M. V. Mash- kova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, B. A. Semyonovker, K. R. Si- monlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimla- ridan M. M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling