Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik yozuv — bibliografik axborot elementi va biblio-
grafik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi
rasmiy ma’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funk-
siyaga, aniq axborot berishga mo‘ljallangan bir qancha
elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil biblio-
grafik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish
va boshqa maqsadlarda qo‘llaniladi. Shuning o‘zi uning turli-
tumanligini va xususiyatini ko‘rsatadi. Xususan, an’anaviy va
elektron kataloglarda qo‘llaniladigan bibliografik yozuvlarda,
albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko‘rsatiladi. Umumlashma
bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki
hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar
haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Masalan, taqrizlar haqidagi
bibliografik yozuv ikkita yozuvni birlashtiradi: hujjatning biblio-
grafik yozuvi va taqrizning bibliografik yozuvi. Bibliografik yozuvlar
unga kiritilgan elementlarning tarkibiga ko‘ra ham ajratiladi. Bular:
tafsiv boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya yoki referat, indeks-
lash tushunchalari, hujjatni saqlash shifri, yo‘naltirish, xizmatga
oid ma’lumotlar. Har bir element hujjat xarakterini u yoki bu
darajada ochib beradi. Bibliografik axborotning murakkab shakli
bibliografik qo‘llanmalardir.
Bibliografik qo‘llanmalar — minglab bibliografik yozuvlarning
ma’lum bir tartibda bir joyga to‘plangan shakli, fikrlarning umu-
miyligi, kitobxonlik maqsadi aks etayotgan hujjatlarning mazmuniga
ko‘ra turli xil usulda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda an’anaviy


16
bibliografik qo‘llanmalardan tashqari elektron ko‘rinishdagi biblio-
grafik qo‘llanmalar ham yaratilmoqda.
Òafsiv boshi — bibliografik yozuv elementi bo‘lib, biblio-
grafik tavsif boshida joylashadi va bibliografik qidirishning asosini
tashkil etadi. Qo‘llaniladigan tavsif boshi hujjat yoki uning
qismi haqidagi ma’lumot xarakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi:
1. Shaxs nomini ko‘rsatuvchi;
2. Òashkilot nomini ko‘rsatuvchi;
3. Qisqartirilgan sarlavhani ko‘rsatuvchi;
4. Hujjat turini anglatuvchi;
5. Geografik nomini anglatuvchi.
Yakka muallif haqidagi tavsif boshi alohida muallif yoki
hammuallif nomini aks ettiradi. Mualliflar jamoasi haqidagi
tavsif boshida doimiy yoki vaqtinchalik xarakterga ega bo‘lgan
nashr uchun mas’ul tashkilot nomi beriladi. Òavsif boshida
mamlakat nomi, alohida qayd etish lozim bo‘lgan hujjat turi,
(masalan, rasmiy nashrlar — hukumat qarorlari, buyruqlari,
farmonlari) ko‘rsatiladi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling