Bibliografiya lat p65
tiruvchi, tasviriy, referativ
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘naltirish
tiruvchi, tasviriy, referativ annotatsiyalar ham mavjud. Òushun-
tiruvchi annotatsiya hujjat sarlavhasini aniqlovchi bir necha so‘zdan yoki jumladan iborat bo‘ladi. Òasviriy esa hujjatdagi asosiy masalalarni yoki muammolarni ochib beradi va „Hujjatda nima haqda so‘z boradi?“ degan savolga javob beradi. Referativ annotatsiya „Hujjatda nima haqda qanday axborot beriladi?“ degan savolga javob beradi. Annotatsiyalar kim tomonidan bajarilganiga ko‘ra mualliflik, muharrirlik, bibliograf annotatsiyasiga ajratiladi. Muallif va mu- harrir tomonidan beriladigan annotatsiya nashrning titul varag‘i orqasida beriladi. Bibliograf tomonidan beriladigan annotatsiya kartochkalarda yoki bibliografik qo‘llanmalarda, ko‘rsatkichlarda qo‘llaniladi. Kartochkadagi bunday qisqa annotatsiya yoki tushun- tirish kvadrat qavs ichida beriladi va bu bibliograf tomonidan tuzilganligini anglatadi. Annotatsiyalar tayyorlash usuliga ko‘ra an’anaviy, qo‘lda yozilgan va avtomatlashtirilgan usulda bajariladi. Referat — bu muallif (tuzuvchi)ning tanqidiy fikrlaridan xoli, qo‘shimcha mulohazalarsiz, hujjatning asosiy faktik ma’lumotlarini va mazmunini yorituvchi ma’lumot. Boshqacha aytganda, referat „Birinchi darajali hujjatda nima haqda ma’lumot beriladi? “ degan savolga javob berib, axborotlilik (hujjatning mazmuni haqida qisqa axborot berish) xususiyatiga ega. Referat hujjatning qaysi bilim sohasiga yoki fan tarmog‘iga oidligiga ko‘ra ijtimoiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnik adabiyotlar haqidagi referatlarga ajratiladi. Hujjatning mazmuni haqida qaysi usulda berilishiga ko‘ra: umumiy yoki referat-qaydlar; umuman, hujjat mazmunini izohlab berishiga ko‘ra ixtisoslashgan yoki muammoli referatlar, referat manbalari- ning soniga ko‘ra monografik, referat-fragmentlar, sharhli yoki guruhli; yoritib berish shakliga ko‘ra matnli, illustratsiyali, aralash; hajmi va izchilligiga ko‘ra (qoidaga ko‘ra 850 belgidan oshmagan) qisqa, kengaytirilgan (hujjat hajmining 10 – 15 % ini tashkil etadi), muallifiga ko‘ra (mualliflik-avtoreferat, referentlar yoki axborot-bibliografik xizmat ishchilari tomonidan tuzilgan) referatlarga ajratiladi. Yo‘naltirish (ssilka) hujjat qismini bibliografik yozuv, bo‘lim, predmet rubrikasi bilan bog‘laydigan element. U „qarang“, 19 „shuningdek, qarang“ (ñì., ñì. òàêæå) kabi 2 xil ko‘rinishda beriladi. Bu vazifani bibliograf yoki axborot-kutubxona markazi xodimi amalga oshiradi. Buning uchun bibliografiyalash texno- logiyasini bilish shart. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling