Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik aniqlash
- Bibliografik qidirish
- Bibliografik ishlov
- Sistemalashtirish — belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish
Bibliografik faoliyat — iste’molchilarning bibliografik axbo-
rotga bo‘lgan talabini va ehtiyojini qondirish bo‘yicha faoliyat sohasi bo‘lib, uning mazmuni bibliografik axborotni tayyorlash va uni iste’molchiga talabi va qiziqishiga ko‘ra yetkazib berish jarayonidan iborat. Bibliografik axborotni tayyorlash bibliografik aniqlash, bibliografik qidirish, bibliografik qayta ishlov berish, bibliografik tanlash, bibliografik guruhlashtirish jarayonlaridan iborat bo‘lib, bibliografiyalash deb ataladi. Bibliografik axborotni iste’molchiga ma’lum bir vositalar va usullar yordamida yetkazib berish jarayoni bibliografik xizmat deyiladi. Bunda ma’lumot- bibliografiya apparatini tashkil etish, ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish, bibliografik axborotlashtirish va axborot ta’limi nazarda tutiladi. Bibliografik faoliyatning hamma jarayonlari o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Hozirgi davrda ularning hammasi axborotga birlamchi ishlov berish, olingan natijalardan samarali va ko‘p marta va ko‘p maqsadli foydalanish, avtomatlashgan texnolo- giyani qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bibliografiyalashning obyekti bo‘lib hujjat yoki uning qismi xizmat qiladi. Bibliografik axborotni ishlab chiqish jarayoni bir qancha o‘ziga xos xususi- yatga va o‘ziga mos vositalar, usullar, yakuniy xulosalarga ega jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, u analitik-sintetik ishlovga asoslan- gan yagona texnologik va ijodiy jarayondir. Bir vaqtning o‘zida bu jarayonda zarur axborot to‘planadi va unga baho beriladi, olingan ma’lumotlar umumlashtiriladi, tegishli maqsadga qaratilgan yo‘nalishda va shaklda axborot uzatiladi. Bibliografik_aniqlash'>Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga ko‘ra hujjatlarni bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir. Bibliografik tanlash — tanlangan materiallar orasidan keyingi bibliografik ishlovga mos holda hujjatlarni ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy ahamiyati, axborotga to‘laligi, obyektivligi, bibliografik axborotga mosligi hisobga olinadi. Bibliografik qidirish — bibliografik ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli, aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurs- larini, bibliografik qo‘llanmalarni, ma’lumotlar bazasi va ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan 20 dastur asosida olib boriladi. Bibliografik qidiruvning umumiy dasturi o‘ziga xos mantiqiy zanjirni hosil qiladi va maqsadga hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Bibliografik ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamo- naviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va boshqa elementlarni berish bo‘lib, uning maqsadi hujjatni tanlash, o‘rganish, o‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish, tanqidiy maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida u haqda to‘liq axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi. Sistemalashtirish — belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish — predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash. Bib- Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling