Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/104
Sana24.10.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1718554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik faoliyat — iste’molchilarning bibliografik axbo-
rotga bo‘lgan talabini va ehtiyojini qondirish bo‘yicha faoliyat
sohasi bo‘lib, uning mazmuni bibliografik axborotni tayyorlash
va uni iste’molchiga talabi va qiziqishiga ko‘ra yetkazib berish
jarayonidan iborat. Bibliografik axborotni tayyorlash bibliografik
aniqlash, bibliografik qidirish, bibliografik qayta ishlov berish,
bibliografik tanlash, bibliografik guruhlashtirish jarayonlaridan
iborat bo‘lib, bibliografiyalash deb ataladi. Bibliografik axborotni
iste’molchiga ma’lum bir vositalar va usullar yordamida yetkazib
berish jarayoni bibliografik xizmat deyiladi. Bunda ma’lumot-
bibliografiya apparatini tashkil etish, ma’lumot-bibliografiya
xizmati ko‘rsatish, bibliografik axborotlashtirish va axborot
ta’limi nazarda tutiladi.
Bibliografik faoliyatning hamma jarayonlari o‘zaro bog‘liq va
bir-birini to‘ldiradi. Hozirgi davrda ularning hammasi axborotga
birlamchi ishlov berish, olingan natijalardan samarali va ko‘p
marta va ko‘p maqsadli foydalanish, avtomatlashgan texnolo-
giyani qo‘llashda muhim ahamiyatga ega. Bibliografiyalashning
obyekti bo‘lib hujjat yoki uning qismi xizmat qiladi. Bibliografik
axborotni ishlab chiqish jarayoni bir qancha o‘ziga xos xususi-
yatga va o‘ziga mos vositalar, usullar, yakuniy xulosalarga ega
jarayonlar yig‘indisi bo‘lib, u analitik-sintetik ishlovga asoslan-
gan yagona texnologik va ijodiy jarayondir. Bir vaqtning o‘zida bu
jarayonda zarur axborot to‘planadi va unga baho beriladi, olingan
ma’lumotlar umumlashtiriladi, tegishli maqsadga qaratilgan
yo‘nalishda va shaklda axborot uzatiladi.
Bibliografik_aniqlash'>Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga ko‘ra hujjatlarni
bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir. Bibliografik
tanlash — tanlangan materiallar orasidan keyingi bibliografik
ishlovga mos holda hujjatlarni ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy
ahamiyati, axborotga to‘laligi, obyektivligi, bibliografik axborotga
mosligi hisobga olinadi. Bibliografik qidirish — bibliografik
ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli,
aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurs-
larini, bibliografik qo‘llanmalarni, ma’lumotlar bazasi va
ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan


20
dastur asosida olib boriladi. Bibliografik qidiruvning umumiy
dasturi o‘ziga xos mantiqiy zanjirni hosil qiladi va maqsadga
hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Bibliografik
ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida,
kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamo-
naviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan
jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni
tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini
shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va
boshqa elementlarni berish bo‘lib, uning maqsadi hujjatni
tanlash, o‘rganish, o‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar
bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish,
tanqidiy maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida u haqda to‘liq
axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida
chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga
asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha
sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi. Sistemalashtirish 
belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib
chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish 
predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash. Bib-

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling