Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot resurslarining elektron shakllari
- Ma’lumotlar banki
innovatsiyaning mohiyati va turlari; innovatsion jarayonlarning
asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning o‘zaro ta’siri; innovatsion faoliyatni investitsiyalash; innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish; o‘zgarishlar menejmenti, tashkilotlarni ana shu yo‘lga o‘tkazish; yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari; innovatsion to‘qnashuvlarning oldini olish mohiyati, uslubiyati va sabablari; innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi; turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi. 58 Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning o‘zida ham bibliografik, ham faktografik xizmatga aylantiradi. Hujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini, ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi. Bundan tashqari, hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilot- ning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va alohidaligi ham hisobga olinadi. Òo‘plangan hujjatlar mazmuni ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor referatlar va annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi. Mazmun aniq va to‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun foydali va keyingi ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur bo‘ladi. Axborot resurslarining elektron shakllari Oxirgi paytda kutubxonalar, muzeylar, arxivlar, axborot markazlari fondiga turli xil ko‘rinishlarda, CD-ROM va disketlarda, boshqa axborot tashuvchi materiallarda elektron baza, ma’lumotlar banki olina boshlandi. Ma’lumotlar bazasi — axborotni avtomatlashgan ko‘rinishda olishga, qayta ishlashga mo‘ljallangan mashinada o‘qish uchun moslashtirilgan va qo‘yilgan maqsadga xizmat qiluvchi ma’lumotlar yig‘indisi. Ma’lumotlar banki — axborotni qidirish, saqlash, qayta ishlashga mo‘ljallangan bir necha ma’lumotlar bazasidan iborat avtomatlashgan axborot tizimi. Amaliyotda turli xil ma’lumotlar bazasi qo‘llaniladi, ular: hujjatli — bunda bibliografik yozuvlar, axborot matni beriladi; bibliografik — faqat bibliografik tavsif yozuvlaridan iborat; referativ — bunda axborot bibliografik ma’lumotlar, referat va annotatsiya ko‘rinishida beriladi; to‘la matnli — axborot hujjatning to‘la matnini yoki ma’lum bir qismini yoritish bilan beriladi; tabiiy matnli — axborot jonli tabiiy tilda boshqa yozuvlar, parchalar bilan bog‘liq holda beriladi; birinchi darajali hujjatlar bazasi yoki faktografik — olingan sohaga oid axborotlarning ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasida eng muhim narsa maqsadli dasturiy ta’minot va doimiy yangilab borishdan iborat. Kitob palatalari davlat bibliografiyasining to‘la ma’lumotlar banki yaratilmoqda. Unda adabiyotlar haqida to‘la bibliografik axborot belgilangan qoidaga ko‘ra to‘plab borilmoqda. Res- publikamizda ham nashr etilayotgan adabiyotlarning hamma turlari, shakllari an’anaviy solnomalar elektron ko‘rinishda tayyorlab 59 borilmoqda. Ko‘pgina kutubxonalar esa adabiyotlarning to‘la matnini yig‘ib, saqlash ishlarini boshladi, unda Davlat qonunlari, me’yoriy hujjatlar, badiiy asarlar, maxsus adabiyotlar, oliy o‘quv yurti kutubxonalarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalarining matnlari, ilmiy maqolalari, ilmiy to‘plam materiallari, avtoreferatlar, talabalarning bitiruv-malakaviy ishlari, predmetlar yuzasidan dasturlarning matnlarini to‘plash ishlari olib borilmoqda. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling