Bibliografiya lat p65
Universal retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Òavsiya ko‘rsatkichlari
Universal retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid
kitoblarning yig‘ma bosma katalogi Bu ko‘rsatkichlar, o‘lka haqidagi katta bir davrga oid ada- biyotlarni aks ettiradi. Òarmoq va mavzuli ilmiy-yordamchi qo‘l- lanmalarni tuzishda quyidagi xususiyatlarga e’tibor beriladi: tanla- nayotgan adabiyotlarning o‘lkaning shu kundagi rivojida ahamiyatga ega ekanligi; kitobxon uchun ma’lum bo‘lmagan hujjatlarni kiritish; uslubiy qarorlarni qabul qilishda izchillikka erishish. B. V. Lunin tuzgan va „O‘zFA xabarlari“ jurnalida nashr etib kelingan „O‘zbekistonning arxeologiyasi, tarixi, etnografiyasi, falsafasi va huquqiga oid adabiyotlar“ ko‘rsatkichi, „O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar“ jurnalida 11 ming nomda hujjatlar, ayniqsa, kartinalar haqida berilgan ma’lumotlar. Òavsiya ko‘rsatkichlari Òavsiya ko‘rsatkichlari universal mazmundagi va kompleks xarakterdagi ko‘rsatkichlardan tashkil topadi. Universal maz- mundagi tavsiya ko‘rsatkichlari mahalliy muhim va unutilmas sanalar taqvimi ko‘rinishida bo‘ladi. Buni respublika miqyosida Respublika Milliy kutubxonasi, viloyatlarda viloyatlarning ilmiy- universal kutubxonalari tayyorlaydi: o‘lkaga oid adabiyotlarning universal va kompleks xarakterdagi ko‘rsatkichlari; mavzuli bibliografik qo‘llanmalar, ko‘rsatkchilar, adabiyotlarning ro‘yxatlari (masalan, „O‘lka haqida nima o‘qish kerak?“ tiðidagi). Muhim va unutilmas voqealar taqvimi Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi tomonidan 1957- yildan nashr etiladi. Unda avval kitobxonga ma’lum bo‘lmagan voqea va hodisalar, yirik yubileylar, sanalar, bayramlarning yilliklariga oid adabiyotlar ma’lum tartibda joylashtiriladi. Avval voqea yoki sana ko‘rsatiladi, unga oid adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlari keltiriladi, shaxslarga oid sanalarda ular haqida qisqa ma’lumot beriladi. Bunday taqvimlarni tuzishda bibliograflarga o‘lkashunos, tarixchi olimlar, mahalliy muzey va arxiv xodimlari yordam beradilar. Bu taqvim- larning kitobxonlari — o‘lkaning kechagi kuni, buguni va kelajagi 127 bilan qiziquvchi kitobxonlar, kutubxona xodimlari va iste’- molchilarga turli xil yo‘nalishda axborot berish vazifasini bajaruvchilar. Òaqvimlar kutubxonalarda yillik ish rejalarini tuzishda, tadbirlar rejasini belgilashda yordam beradi. Unga kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija, ismlar, geografik, matnlarning mualliflari haqida ma’lumotlar, chiqish sonlariga oid yig‘ma ko‘rsatkichlar beriladi. „O‘lka haqida nimalarni o‘qish kerak?“ tiðidagi ko‘rsatkichlarni viloyat, tuman, shahar miqyosida ham tayyorlash mumkin. Ular shu yo‘nalishga oid kutubxonada mavjud adabiyotlar ko‘lami haqida xulosa qilishga olib keladi va kutubxonachilik-bibliografik xizmat ko‘rsatish uchun asos bo‘ladi, iste’molchilar uchun o‘lkashunoslik xarakteridagi yakka va ommaviy ishlarni o‘tkazishga imkon yaratadi, kishilarda Vatanga, o‘z o‘lkasiga mehr-muhabbat, e’tibor hissini tarbiyalaydi,o‘lka haqida bilimga ega bo‘lishga yordam beradi, uning tarixini, madaniyati va san’atini, o‘ziga xos qadriyat- larini asrab-avaylashga chaqiradi. Unda kitoblar, maqolalar, kompakt disklar, elektron sahifalar, internet materiallari ham aks etishi mumkin. Hujjatlar mazmuni, ilmiy qimmati, xarakteriga ko‘ra tartibga solinadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling