Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISTE’MOLCHILARGA MA’LUMOT-BIBLIOGRAFIYA XIZMATI (MBX) KO‘RSATISH Mavzuning maqsadi
- Asosiy tushunchalar
- Bibliografik ma’lumot
Savol va topshiriqlar
1. Bibliografik sharh va uning xususiyatlari haqida to‘xtaling. 2. Bibliografik sharhlarning turlarini ayting. 3. Yangi adabiyotlar sharhi va uni tayyorlash qoidasini tushuntiring. 4. Mavzuli adabiyotlar sharhi qanday tayyorlanadi? 5. Shaxslarga oid sharhlarning xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Qo‘llanmalar sharhining xususiyatlari haqida gapiring. 7. Press reliz kimlar uchun tayyorlanadi va uning maqsadi nima? XVII BOB. ISTE’MOLCHILARGA MA’LUMOT-BIBLIOGRAFIYA XIZMATI (MBX) KO‘RSATISH Mavzuning maqsadi — ma’lumot-bibliografiya xizmati, uni tashkil etish, turli bilim sohalari va yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot- bibliografiya xizmati ko‘rsatish qoidalari haqida ma’lumot berish. Asosiy tushunchalar — ma’lumot-bibliografiya xizmati, bibliografik so‘roqlar, faktografik so‘roqlar. MBX haqida umumiy tushuncha Kishilarda axborot olamiga, turli sohaga, masala va muammo- larga oid ortib borayotgan qiziqishga va intilishga atrof-muhit, mamlakat ichida va tashqarisida yuz berayotgan voqea va hodisalar, 185 mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy ahvoli, vazifalari va maqsadi, oilaviy muhit, mehnat faoliyati, yangi ixtirolar va kashfiyotlar, OAV orqali tarqalayotgan xabarlar ta’sir etadi. Ma’lumot- bibliografiya xizmati talabgorlarning turli so‘roqlariga mos bibliografik xizmat ko‘rsatishdir. Ma’lumotlar so‘roqlarning turiga qarab turlanadi, ularning xarakteriga mos bo‘ladi, axborot xa- rakteriga ko‘ra bibliografik, faktografik, shakliga ko‘ra og‘zaki (telefon orqali, yuzma-yuz) va yozma (murakkab so‘roqqa javob bo‘lib, maxsus qidirishni, ro‘yxat tuzib berishni talab qiladi) bo‘ladi. Bibliografik ma’lumot turli so‘roqqa beriladigan bibliografik axborotdir, u turlicha bo‘ladi: adresli (nashrning fonddagi o‘rnini ko‘rsatish uchun berilgan ma’lumot), aniqlovchi (bibliografik tavsifidan noaniqlik yoki qo‘shimcha ma’lumotni talab etgan holda berilgan), mavzuli (biror-bir mavzu, masala, muammoga oid). MBXning mazmunini kitobxon talabi yoki so‘rog‘i, ax- borotni qidirish, bibliografning javobi tashkil etadi. Bibliografik qidirish bibliografik faoliyatning negizini tashkil etadi. So‘roqlarni bajarish tezligi va sifati bibliografning kasbiy bilimi darajasiga, kitobxon bilan munosabatda bo‘la olish qobiliyatiga, MBXning sifatiga, bibliografning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan erkin ishlay olishiga bog‘liq. Bularning hammasi o‘ziga xos dasturni (algoritmni) tashkil etadi. Bu dastur quyidagi bosqichlardan iborat: • axborotni qidirishga tayyorgarlik ko‘rish — so‘roqni qabul qilish, hisobga olish, tahlil qilish, mavzuni va maqsadini aniq shakllantirish, kitobxonni qiziqtirgan masala bo‘yicha xabardor- ligini o‘rganish, shu paytgacha mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumot- lari, so‘roqning dolzarbligini aniqlash; • qidiruv manbasini modellashtirish — so‘roq mazmuniga mos manbalarni aniqlash (o‘quv adabiyotlari, ommaviy nashrlar, ma’lumotnoma nashrlar va b.); • qidirishning mukammal yo‘lini tanlash — manbalar orasi- dan eng zarurini va so‘roqqa mosini ajratib olish; • qidirish dasturini amalga oshirish — so‘roqqa javob beruvchi axborotni olish, agar ma’lumot yozma ravishda talab etiladigan bo‘lsa, uni tayyorlash. Murakkab mavzudagi ma’lumotlar nusxasi saqlab qolinadi. Kitobxonlarning bibliografik va axborot madaniyatini takomil- lashtirish uchun ish so‘ngida, albatta, axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling