Bibliografiya lat p65


Download 391.13 Kb.
bet3/89
Sana04.04.2023
Hajmi391.13 Kb.
#1328068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Bibliografiya nazariyasi —bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdo‘stlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qo‘shgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Morgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Òrubnikov, Y. M. Òugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi.
Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N.V.Zdobnov, M.V. Mashkova, L.M.Ravich, S.A.Reyser, B.A.Semyonovker, K. R. Simonlar o‘rganganlar. O‘zbekiston bibliografiyasi, umuman, O‘rta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimlaridan M. M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar.
Bibliografiya texnologiyasi axborot resurslarini, bibliografik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqatishni ta’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashtirishda ishtirok etadi.
Bibliografiyaning metodikasi —bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bog‘liq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maqsadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. Òuropov, Sh. M. Shamsiyev, H. Mamatraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar.

Download 391.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling