Bibliografiya lat p65
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot-bibliografiya resurslari haqida umumiy tushuncha
Savol va topshiriqlarHujjat deganda nimani tushunasiz? Axborot iste’molchisi kim? Matbuot asari va uning xususiyatlari nimadan iborat? Bosma mahsuloti va uning turlarini ayting. Nodavriy nashrlar va ularning turlari haqida to‘xtaling. Òo‘plamlar, asarlar to‘plami, asarlar, tanlangan asarlarga misolkeltiring, ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Vaqtli matbuot nashrlari, ularning xususiyatlari va turlari haqidanimalarni bilasiz? Ma’lumotnoma nashrlar qanday nashrlar? Qomusnomalar, ularning turlari, ahamiyatini tushuntiring. O‘zbekistondagi dastlabki davlat nashriyotlari haqida gapiribbering. IV BOB. AXBOROT—BIBLIOGRAFIYA RESURSLARI Mavzuning maqsadi — hozirgi zamon talablari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda axborot-bibliografiya resurslari, ularning xususiyatlari, ahamiyati, ularni iste’molchilarga yetkazib berish usuli bilan talabalarni tanishtirish. Asosiy tushunchalar —axborot resurslari, kutubxona-bibliografiya resurslari, bibliografik mahsulotlar, bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar, bibliografik obzor (sharh)lar, ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar banki. Axborot-bibliografiya resurslari haqida umumiy tushunchaAxborot resurslari maqsadga mos axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisidir. Kutubxonabibliografiya resurslari—kutubxonalar oldida turgan vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot, moddiy-texnik va xodimlar bazasi. Axborot-bibliografiya resurslari jamiyatning va axborot iste’molchilarining talablarini qondirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar, faktlar va boshqalar haqidagi turli xil manbalar bo‘lib, kutubxonalarda va axborot markazlarida saqlanayotgan an’anaviy va mashinada o‘qiladigan axborot tashuvchilar (har xil kataloglar va kartotekalar, ma’lumotlar banki va bazasi hamda axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi intellektual va moddiy kuchlardan iborat. Bu resurslarning eng muhim axborot mahsuloti axborot tizimlarining harakati natijasida yuzaga kelgan hujjatlar, axborot massivi, ma’lumotlar bazasi va axborot xizmatidir. Bibliografik mahsulot —axborot mahsulotining bibliografik axborot, ya’ni bibliografik yozuvlar bilan ta’minlangan turi. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling