Bibliografiya lat p65
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- V II BOB. O‘ZBEKISTONDA MILLIY VA DAVLAT BIBLIOGRAFIYASI
- Milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha, uning taraqqiyoti
Savol va topshiriqlar„Turkiston to‘plami“ nima va u haqda qanday ma’lumotga egasiz? V. I. Mejov „Turkiston to‘plami“ni tashkil etishda qandayfaoliyat ko‘rsatdi? N. Dmitrovskiyning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? A. A. Semyonov va „Turkiston to‘plami“ haqida to‘xtaling. V. G. Chabrovning faoliyatini gapirib bering. „Turkiston to‘plami“ning ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz? XX asr boshlarida yaratilgan bibliografik ko‘rsatkichlardanqaysilarini bilasiz? V II BOB. O‘ZBEKISTONDA MILLIY VA DAVLAT BIBLIOGRAFIYASIMavzuning maqsadi—milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha berish, O‘zbekistonda Milliy va davlat bibliografiyasining rivoji, uning markazlari haqida ma’lumot berish. Asosiy tushunchalar — milliy bibliografiya, davlat bibliografiyasi, kitob palatasi, kitob solnomasi, taqrizlar solnomasi. Milliy va davlat bibliografiyasi haqida tushuncha, uning taraqqiyotiIjtimoiy tashkilotlar hujjatlar va iste’molchilar o‘rtasidagi vosita sifatida avvaldan faoliyat ko‘rsatadi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng kitob ishi, nashriyotchilik ishi tubdan qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Òelegraf Agentligi O‘zbekiston Respublikasining Milliy agentligiga, Davlat kitob palatasi 1994- yili Milliy kitob palatasiga aylantirildi. Ularning nomi bilan birga vazifalari ham o‘zgardi. Chunki „Milliy“ va „Davlat“ tushunchalari bir-biridan farq qiladi. 1991-yil bibliograf olim G. A. Levin „Íàöèîíàëüíàÿ áèáëèîãðàôèÿ â ìíîãîíàöèîíàëüíîì ãîñóäàðñòâå“ nomli maqolasida milliy bibliografiya tushunchasiga alohida to‘xtaladi va qat’iy talablar qo‘yadi. Milliy bibliografiyaga quyidagi nashrlarni kiritish lozim deydi. Aynan olingan mamlakat hududida nashr etilgan asarlar. Nashr joyidan qat’i nazar, shu mamlakat haqidagi adabiyotlar. Nashr joyidan qat’i nazar, shu davlat tilida nashr etilganasarlar. Yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat fuqarolari tomonidan nashr etilgan asarlar. Tug‘ilgan va yashash joyidan qat’i nazar, shu davlat tubaholisi vakillarining asarlari. Shu davlat hududidan tashqarida aynan shu davlat uchunnashr etilgan asarlar. Universal bibliografik hisobga olish joriy etilgandan so‘ng davlat bibliografiyasida 1-guruh nashrlarini hisobga ola boshladi. Ammo bu doim ham keng imkoniyat bera olmaydi, shuning uchun 2-guruh nashrlari ham hisobga olinadi. Levinning fikricha, bibliografiyalash obyekti bo‘lib elektron nashrlar, videomahsulotlar, fotomateriallar kabilar ham xizmat qila oladi, demak, bosma mahsulotlar bilan birga bu hujjatlarni ham hisobga olish zarur. Davlat bibliografiyasi uchun nashrlarni tanlayotganda quyidagi belgilarga asoslaniladi: Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling