Bibliografiya lat p65
Kundalik bibliografik axborot
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Retrospektiv bibliografik axborot
Kundalik bibliografik axborotKitob bilan bog‘liq bo‘lgan kitobxonlar, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarga ham bibliografik axborot berib boruvchi birinchi marta o‘zbek tilida nashr etilayotgan „Kitob dunyosi“ gazetasi 2002- yil ta’sis etilgan bo‘lib, respublikamiz nashriyotlarida nashrdan chiqqan yangi adabiyotlar haqida annotatsiya yoki referat bilan birgalikda kutubxonachilik ishi, zamonaviy axborot texnologiyalari, kitobatchilik ishi, nashriyotchilik ishi masalalariga oid suhbatlar, maqolalar, fikr va mulohazalar beriladi. Ammo ba’zida yangi adabiyotlar haqida berilayotgan ma’lumotlar asar sotuvdaligida yoki ancha vaqt o‘tgandan so‘ng beriladi. Gazeta sahifasida eng muhim, qimmatli adabiyotlar haqidagina ma’lumot berilmoqda, boshqa nashrdan chiqqan asarlar esa e’tibordan chetda qoladi. Shuni nazarda tutib, gazeta keyingi paytda annotatsiya yoki referat berilmayotgan adabiyotlarning bibliografik ma’lumotlarini mavzuli tartibda berib bormoqda. Reklama axboroti muhim ahamiyatga ega. Bular kitob muqovalari, sahifalari, jurnal muqovalari, plakatlar, afisha va bukletlar ko‘rinishida berib boriladi. Bu materiallar kitob do‘konlari peshtaxtalarida, aholiga ko‘rish va o‘qish uchun qulay bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi. Boltiqbo‘yi respublikalari, Rossiya axborot organlari yo‘lovchi tashuvchi transport vositalaridan ham unumli foydalanadilar. Maxsus bibliobuslar kitob reklamasi ko‘rinishlari bilan bezatilgan bo‘ladi. Mamlakatimizda boshqa turdagi mahsulotlarning reklamasi kabi kitob, kutubxona, bosma va axborot mahsulotlari reklamasini ham keng yo‘lga qo‘yish lozim. Retrospektiv bibliografik axborotRetrospektiv bibliografik axborot ko‘pgina vazifalarni bajaradi. Bular —kitob do‘konlari, kitob omborlari, nashriyot bazalarida mavjud adabiyotlar, ayrim olingan nashriyot mahsulotlari, biror ruknda chiqqan nashrlar haqida axborot berish. Ayrimlari faqat xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallanadi. Masalan, bukinist katalogi-preyskuranti, ulgurji kitob do‘konlarida mavjud adabiyotlarning katalogi va boshqalar, masalan, „Ïðåäëàãàþò îáëàñòíûå êíèãîòîðãè Óçáåêèñòàíà“, „Ñïèñîê èíòåðåñíûõ äåòñêèõ êíèã, èìåþùèõñÿ â ìàãàçèíàõ Òàøîáëêíèãîòîðãà“. Kutubxonalarda ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatishda kitobxonlar talabini qondirish uchun vaqtli matbuot nashrlari sahifalarida berilayotgan maqolalar ro‘yxati hamda ilgari nashr etilgan adabiyotlarning mavzuli to‘plamlari yoki ro‘yõatining elektron shaklini tayyorlash va foydalanish mumkin. Kitob palatasi tomonidan tuzilayotgan „Gazeta maqolalari solnomasi“ va „Jurnal maqolalari solnomasi“ning elektron disklarini olib, muomalaga kiritish ham katta ahamiyatga ega. Ayrim tajribali kutubxonalar ruknli nashrlarning katalogini tayyorlaganlar. Masalan, „Áèáëèîòåêà âñåìèðíîé ëèòåðàòóðû“ (Rossiya kutubxonalarida), „Æèçíü çàìå÷àòåëüíûõ ëþäåé“ (Ajoyib kishilar hayotidan), „Ýâðèêà“ kabi ruknlardagi adabiyotlarning elektron kartotekasi. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling