Bibliografiya lat p65


Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar


Download 371.14 Kb.
bet48/90
Sana23.04.2023
Hajmi371.14 Kb.
#1386564
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90
Bog'liq
s

Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalar: o‘lkaga oid adabiyotlarning universal mazmundagi kundalik ko‘rsatkichlari; universal mazmundagi retrospektiv ko‘rsatkichlar va o‘lkaga oid adabiyotlarning yig‘ma bosma katalogi; tarmoq va mavzuli ko‘rsatkichlar; biobibliografik ko‘rsatkichlar (lug‘atlar), o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalarning ko‘rsatkichlari.

  • Òavsiya qo‘llanmalari: mahalliy muhim va unutilmas voqealar taqvimi; o‘lka haqidagi universal va kompleks ko‘rsatkichlar; kutubxonaning o‘lkaga oid jamg‘armasi yadrosi, o‘lkaning turli sohalariga va bir tomoniga bag‘ishlangan tarmoq va mavzuli ko‘rsatkichlar; o‘lkaning mashhur kishilari haqidagi ko‘rsatkichlar.

  • Mahalliy matbuot ko‘rsatkichlari: vaqtli va davomli nashrlarning ko‘rsatkichlari; kitob va nodavriy nashrlarning ko‘rsatkichlari.

    Ilmiy yordamchi o‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalar


    O‘lkaga oid adabiyotlarning universal kundalik ko‘rsatkichlari aniq, to‘la tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Bibliografik yozuvlarda amaldagi tavsif qoidalariga rioya qilinishi shart, qisqa, ammo to‘la mazmunli annotatsiyalar beriladi, ma’lumot-bibliografiya apparatlaridan so‘zboshi, mundarija, yordamchi ko‘rsatkichlardan ismlar, geografik nomlar, kalitli so‘zlar, predmet rubrikalari asosida predmet va bibliografik qo‘llanmaning xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rsatkichlardan foydalanish zarur. Bu qo‘llanmalar haftalik, choraklik, doimiy bo‘lishi mumkin.
    O‘zbekistonning respublika haqidagi ilmiy yordamchi bibliografiyalari 1945- yildan keyin rivojlandi. Umumiy va tarmoqqa oid kundalik, unversal, tarmoqli, mavzuli, shaxsga oid, kitob ichi va maqola ichi bibliografiyalari nashr etila boshlandi. Navoiy nomidagi Respublika davlat kutubxonasi 1958-yildan rus tilida „Óçáåêèñòàí“ nomi bilan yilnoma nashr etadi. 1961-yildan esa bir vaqtning o‘zida o‘zbek tilida ham chiqa boshladi. Unda respublika haqidagi Vatanimizda va boshqa mamlakatlarda chiqayotgan barcha turdagi hujjatlar sobiq Butunittifoq Kitob palatasi jadvali asosida tartibga solindi, alohida bo‘limlar va bo‘limchalar respublikaning tabiiy sharoiti, ijtimoiy, tarixiy, iqtisodiy hayoti hisobga olingan. Unda ma’lumot apparati berilgan, 1968- yildan Kitob palatasi solnomalarida respublika haqidagi hujjatlar berilayotganligi sababli ko‘rsatkichning chiqishi to‘xtatildi. 1953yildan respublika ilmiy qishloq xo‘jalik kutubxonasi „Sug‘oriladigan yerlarda paxtachilik“ nomi bilan kundalik ilmiy-yordamchi tarmoq ko‘rsatkichini chiqaradi. U bir yilda 2 marta chiqarildi va har yili 2500 —3000 adabiyot haqida ma’lumot berib bordi.
    Ko‘rsatkichga ilmiy kitoblar, jurnallar va to‘plamlardagi maqolalar, ilmiy ishlar haqidagi xabarlar kiritilgan. Unda paxtachilik va unga bog‘liq gidrologiya, meteorologiya, iqlim, injenerlik geologiyasi, tuproqshunoslikka oid adabiyotlar ham kiritildi.

    Download 371.14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   90




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling