Bibliografiya lat p65
Matluba Yahyoyevna Nosirova
Download 371.14 Kb.
|
s
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muso Mamatovich Òuropov
Matluba Yahyoyevna Nosirova — kutubxonachi-bibliograf sifatida tanilgan ustozlardan biri. U Òoshkent shahrida 1924-yili tavallud topadi, juda erta ota-onasidan ajrab, bolalar uyida tarbiyalanadi. 1942-yili o‘rta maktabni tugatib, o‘sha paytdagi komsomol kotiblari kursida o‘qiydi va tashkilotlarda ishlaydi. 1949-yil Farg‘ona viloyat kutubxonasida kutubxonachi 1951-yildan Alisher Navoiy nomidagi Respublika kutubxonasida faoliyatini davom ettiradi va o‘z malakasini, bilimini oshirish maqsadida Moskva davlat madaniyat institutiga boradi, 1957-yili uni tugatib, 1972-yilga qadar shu kutubxonada ishini davom ettiradi, oddiy bibliograf lavozimidan to bo‘lim mudiri vazifasigacha bo‘lgan jarayonni bosib o‘tadi. 1972-yili Òoshkent madaniyat texnikumiga direktorlik lavozimi 1974-yili Òoshkent davlat madaniyat instituti tashkil etilgandan so‘ng „Bibliografiya“ kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida nafaqaga chiqqunga qadar talabalarga ustozlik qiladi. Kutubxonada ishlab yurgan vaqtlarida juda ko‘p mavzularda turli xil bibliografik ko‘rsatkichlarni mustaqil va hamkorlikda tayyorladi va nashr ettiradi. Yirik 9 ta bibliografik ko‘rsatkich va qo‘llanmalarga muharrirlik qiladi, bir qator muammoli maqolalar bilan O‘zbekiston va Rossiya jurnallarida qatnashadi. Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat kutubxonasining 100 yilligi munosabati bilan nashr etilgan monografiyaning yirik — „1917- yildan so‘nggi davrda kutubxonaning ilmiy-bibliografik faoliyati“ bo‘limini yozgan. Unda muallif bibliografiya ishining taraqqiyotini batafsil yoritib bergan.
Muso Mamatovich Òuropov—dastlabki mahalliy bibliograf olimlardan, uzoq yillar bibliografiya predmetlaridan o‘qituvchilik faoliyatini olib bordi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1940yil Samarqand viloyatida tavallud topgan,1958-yili o‘rta maktabni tugatib, mehnat faoliyatini boshlaydi. 1966-yili Òoshkent davlat pedagogika isntitutining kutubxonachilik fakultetini bitirdi va bibliografiya kafedrasida o‘qituvchilik lavozimiga qoldirildi. 1974yildan to shu kungacha Madaniyat institutining kutubxonachilik, keyinchalik „Kutubxona-axborot faoliyatini boshqaruv“ fakultetida ishlab kelmoqda. 1974-yil Leningrad davlat madaniyat instituti qoshidagi ilmiy kengashda „O‘zbekiston haqida bibliografiya 1952— 1970 yy.“ nomi bilan pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishining natijasini himoya qiladi. 1982yildan kafedra dosenti. 70 dan ortiq bibliografiya masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari, monografiya va maqolalari nashr etilgan. „O‘zbekistonda bibliografiya. 1870 —1980- yy.“, „O‘zbekistonning kundalik ilmiy-yordamchi bibliografiyasi“, „O‘zbekistonning umumiy bibliografiyasi“ kabi o‘quv qo‘llanmalari, o‘zbekistonlik yirik bibliograflarning hayoti va ijodiga oid maqolalari talabalar uchun bibliografiya kurslarini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘lib qoldi. Download 371.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling