Abdulla Avloniy asarlarida ta‘lim-tarbiyaga oid insonparvarlik g‘oyasi
Download 23.6 Kb.
|
Shoberdiyeva Yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Abdulla Avloniy asarlarida ta‘lim-tarbiyaga oid insonparvarlik g‘oyasi Shoberdiyeva Yulduz Ilhomjon qizi Termiz davlat pedagogika intituti Pedagogika yo‘nalishi talabasi shoberdiyevayulduz@gmail.com Annotatsiya: Mazkur maqolada Abdulla Avloniy asarlarida ta‘lim- tarbiyaga oid fikrlari va yosh avlodlarda insonparvarlik g‘oyasini shakllantirish. Kalit so’zlar: ta‘lim- tarbiya, insonparvarlik, ma‘rifat, bilim. Taniqli ma‘rifatparvar adib Abdulla Avloniy pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan , o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi an‘analari ta‘lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalalarni aks ettirgan pedagog, olimdir. Abdulla Avloniy xalq orasida ilg‘or fikrlarni tarqatishda, ilm-ma‘rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallaning roli g‘oyatda katta ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907-yili ,,Shuhrat“, ,,Osiyo“ nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi . Gazetaning birinchi sonida matbuotning roli, gazetaning vazifasi haqida fikr yuritib, ,,Matbuot har bir insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘i kunlarni yorituvchi, xalq orasida ilm,ittifoq, himmat g‘oyalari‘‘ ni yoyuvchidir deb, baliqning suvsiz yashamog‘i mumkin bo‘lmagan kabi insonning ham ilmsiz yashamog‘i mumkin emasligini uqtiradi. Abdulla Avloniy pedagogikaga oid asarlari ichida ,, Turkiy guliston yoxud axloq‘‘asari ХХ asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga ega asar hisoblanadi. ,,Turkiy guliston yoxud axloq‘‘asari axloqiy va ta‘lim tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni,, yaxshilikka chaqiruvchi‘‘ ,,yomonlardan qaytaruvchi‘‘ ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib ,,Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib , tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turib yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur‘‘, -deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar go‘yat kata ahamiyatga ega. Abdulla Avloniy fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq ilm-ma‘rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. ,,Badan salomat va quvvatli bo‘lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq, va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli va jasadsiz lozimdir‘‘. ,,Turkiy guliston yoxud axloq‘‘kitobida ma‘rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi. Abdulla Avloniy kitobida ilm to‘g‘risida bunday deydi: ,,Ilm dunyoning izzat, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g‘oyat oliy, muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o‘z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimini,qilich kabio’tkir qilmoq,…Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur …‘‘. Avloniy ilmni umuman emas, balki uning amaliy va hayotiy foydalarni aytib, ,,Bizni jaholat, qorong‘ulikdan qutqarur. Madaniyat insoniyatni ma‘rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe‘llardan, buzug‘ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va odob sohibi qilur… Alhosil butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur ‘‘. Adibning obrazli ifodasi ko‘ra, ilm bamisoli bodomning ichidagi mag‘iz . Uni qo‘lga kiritish uchun mehnat qilish, ya‘ni chaqib uni po‘chog‘idan ajratib olish kerak. ,,Turkiy guliston yoxud axloq‘‘ning birinchi sahifasidan to so‘ngi sahifasigacha Avloniyning insonparvarlik g‘oyalarini ifodalagan. U hammadan burun xalq manfaatini ko‘zlaydi, xalqqa bajonu dil xizmat qilishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi. G‘iybatchi va chaqimchi kishilarni Avloniy buzoqboshiga o‘xshatadi. Buzoqboshi daraxt ildizini kemirib quritgani kabi chaqimchi va g‘iybatchilar ham kishilar o‘rtasidagi mehr-muhabbat daraxtini yemiradilar . Xulosa qilib aytish mumkinki, Abdulla Avloniy butun hayoti va ijodini ilmga bag‘ishlagan adib hisoblanadi. Abdulla Avloniy jadidchilik harakatida faol qatnashib, yangi usul maktablarini ochadi, bir qancha asarlar va darsliklar yaratib ta‘lim-tarbiya jarayoniga o‘z hissasini qo‘shadi. Abdulla Avloniyning barcha asarlarining tag zamirida insonparvarlik, vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat, odob- axloq kabi tushunchalar yotadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:,, Al- hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot-yo falokat, yo saodat masalasidur‘‘. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Umumiy pedagogika. R.A. Mavlonov, N.H.Rahmonqulova,K.O.Matnazarov, M.K.SHirinov, S.Hafizov. ,,Fanva texnologiya ‘‘ nashriyoti. Toshkent 2018 2. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjayev. ,, Sanoat-standart‘‘ nashriyoti. Toshkent, 2017 3. Turkiy guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy. ,,O’qituvchi ‘‘nashriyoti. Toshkent, 1992 Download 23.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling