155
Bibliografik markaz — bibliografik
axborotni ishlab chiqish,
to‘plash, qayta ishlash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot
markazi. Bundan tashqari,
axborot agentliklari mavjud, ular u
yoki bu yo‘nalishda axborotni qidirish, to‘plash,
tanlash va
tarqatish bo‘yicha tijorat asosida ish olib boruvchi tashkilot yoki
shaxslar.
Jamiyatning axborotlashib borishi bilan kutubxonalar ham
axborot-resurs markazlari va axborot-kutubxona
markazlari sifatida
mas’uliyatini oshirib bormoqdalar. Chunki asosiy axborot man-
balari — turli xil hujjatlarning aynan kutubxonalar fondida yig‘ilishi
sir emas.
Axborotlashtirish — axborot resurslariga tezkorlik bilan kirib
borishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksidir.
Kutub-
xonalar tajribasida bu butun kutubxonachilik va bibliografik ish
jarayonlarini avtomatlashtirish va yangi zamonaviy texnologiyalar
asosida axborot markazlarini tuzishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: