Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Savol va topshiriqlar
1. O‘lkashunoslik bibliografik qo‘llanmalarning turlarini aytib bering.
2. Ilmiy-yordamchi qo‘llanmalarning xususiyatlarini ayting.
3. Mahalliy muhim va unutilmas voqealar taqvimiga ta’rif bering.
4. O‘lkamizning turkum ko‘rsatkichlari haqida so‘zlab bering.
5. Mashhur bibliograflardan kimlarni bilasiz?
XII BOB. KUTUBXONALARNING BIBLIOGRAFIK
FAOLIYATI
Mavzuning maqsadi — kutubxonalar faoliyatining asosini
tashkil etuvchi bibliografiya ishi, uning maqsad va vazifalari,
mazmuni, milliy bibliografiya markazlari haqida bilim berish.
Asosiy tushunchalar — bibliografik ish, infratuzilma, axborot
markazi, bibliografik markaz.
Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni
Kutubxonalar faoliyatining katta qismini bibliografiya ishi
tashkil etadi. Ishning hajmi, ko‘lami, uning tashkil etilishi,
bibliografik xizmat shakllariga ko‘ra ular bir-biridan farq qiladi.
Bu kutubxonalarda kitob fondi mazmunini ochib berish, undan
kitobxonlarning faol foydalanishini ta’minlash uchun turli xil
bibliografik vositalar yordamida ma’lumot bibliografiya xizmatini
tashkil etishdan iborat. Bu ma’lumot-bibliografiya apparatini tashkil
etish va ma’lumot-bibliografiya xizmatini uyushtirish bilan amalga


154
oshiriladi.  Ma’lumot-bibliografiya xizmati — har xil kitobxonlik
so‘roqlarini bajarish, ularga imkon qadar keng ma’lumotlar
berish.  Bibliografik axborot berish — kitobxonlarning doimiy
so‘roqlari va kundalik talablarini bajarish uchun muntazam ish
olib borish, tavsiyaviy-bibliografik xizmat ko‘rsatish, axborot va
kompyuter madaniyatini tarbiyalash, bibliografik bilimlarni targ‘ib
qilishdan iborat.
Bibliografik ishni tashkil etishning asosi kutubxona fondi va
ma’lumot-bibliografiya apparatidir. Bibliografiya ishi vazifalari —
kitobxonlarning mustaqil o‘qishiga ta’sir etish. Bu vazifani amalga
oshirishda kartotekalar, bibliografik qo‘llanmalar, tavsiya xa-
rakteridagi ko‘rsatkichlar yordamida kitobxonlar o‘qishini
boshqarish, tashkil etish bilan amalga oshiriladi, kitobxonlarni
axborot olamiga olib kiradi, mustaqil ravishda undan foydalanish
ko‘nikmasini tarbiyalaydi, eng yaxshi va zarur hujjatlarni tanlab
olishga yordam beradi, undagi bilimni to‘g‘ri va aniq qabul
qilishga yo‘llaydi, kitobxonda axborot madaniyatini tarbiyalaydi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam beradi
(har doim jamiyat fan va texnikaning rivoji tufayli taraqqiy
topgan, bu esa ana shu fan va texnikani boshqaruvchi, ishlab
chiquvchi mutaxassis kadrlarning bilimini oshirishga bog‘liq,
bunda bibliografiya yordamga keladi). Bibliografiya yordamida
mutaxassis zarur adabiyotlarni qidirib topadi, tanlaydi, u bilan
ishlaydi, eng asosiysi, adabiyot tanlashda murakkabliklarga
uchramaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling