Reja bibliografiya haqida tushuncha


Download 90.5 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1642989
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ta\'lim Isroilov


REJA



  1. Bibliografiya haqida tushuncha

  2. IX-XV asrlarda Turkistonda bibliografiya ishi

  3. Bibliografiyaning tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati

Xulosa
Foydalanilgan manba va adabiyotlar

Bibliografiya haqida tushuncha
Bibliografiya (yunoncha: biblion kitob va... grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan bibliografiya fani deb ataladi. Bibliografiyataraqqiyotini turli xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar tizimi taʼminlaydi.
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo boʻlgan (jumladan miloddan avvalgi III asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografik jadval). "Bibliografiya" termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, vaqt utishi bilan (XVII asr oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qoʻlyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻlyozmalar (dissertatsiyalar, saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) Bibliografiyaning oʻrganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi bibliografiya koʻlamini kengaytirmoqda. Bibliografiya taraqkiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida bibliografiya ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi. Bibliografiya bosma asarlarni.aniqdash, saralash va izohlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qoʻshgan xissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, bibliografiya alohida ilmiy muhit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani oshishiga taʼsir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin alokada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar hakida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur boʻlganda adadi, narxi va boshqa haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor).
Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat Bibliografiyasi, ilmiy yordamchi bibliografiya va tavsiya Bibliografiyasiga; mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli Bibliografiyaga boʻlinadi. Bibliografiyaning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs Bibliografiyasi) va oʻlkashunoslik Bibliografiyasi tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi.



Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling