Reja bibliografiya haqida tushuncha
IX-XV asrlarda Turkistonda bibliografiya ishi
Download 90.5 Kb.
|
Mustaqil ta\'lim Isroilov
IX-XV asrlarda Turkistonda bibliografiya ishi
Turkistonda bibliografiya ishi IX-XV asrlardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining bibliografiya ro‘yxati va ularni tasnif kilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Jumladan, Beruniy "Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy" ("Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati") nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid bibliografiya tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan birga Beruniyning 1036-yilgacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham keltiriladi. Bibliografiya qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning "Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni" (12-asr); Xoja Xalifaning "Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi" (18-asr) va boshqa Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin bibliografiya bilan rus bibliograflari (N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar) shugʻullangan. XX asr 20 — 30-yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926-yil dan Oʻzbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930-yildan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi bibliografiya boʻlimining tashkil qilinishi oʻzbek milliy Bibliografiyasining rivojlanishiga zamin yaratdi. Oʻzbek tilida tuzilgan dastlabki koʻrsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning "Mukammal ilmiy bibliografiya" (1934) asari boʻlib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan. Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat Bibliografiyasining asosiy markazidir. OʻzRda Bibliografiya ishi bilan, shuningdek Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shugʻullanadi. Bibliografiya ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining"Bibliografiya" kafedrasida olib boriladi. Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling