Bibliografiya lat p65


BIBLIOGRAFIYA APPARATI (MBA)


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

BIBLIOGRAFIYA APPARATI (MBA)
Mavzuning maqsadi — bibliografik axborot uchun zarur
manbalar haqida, ma’lumot-bibliografiya apparati, uning tarkibi,
tashkil etish qoidalari haqida ma’lumot berish.


162
Asosiy tushunchalar — ma’lumot-bibliogarfiya apparati,
kutubxona kataloglari tizimi, kartotekalar tizimi, ma’lumot-
bibliografiya fondi.
MBA haqida umumiy tushuncha
MBA kutubxona hujjatlari fondini har tomonlama ochib
berish, aks ettirishga mo‘ljallangan, o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq
yoki bir-birini to‘ldirib boruvchi, kitobxonlarni zarur axborot
bilan ta’minlashga qaratilgan va kasbiy kutubxona-bibliografik
faoliyatni tashkil etishni o‘z ichiga oluvchi kompleksdir.
MBAning sifati kutubxonachilik ishining, ayniqsa,
bibliografiya ishining qanday tashkil etilganiga bog‘liq. Hozircha
hamma kutubxonalar (ayniqsa, tuman va qishloq kutubxonalari)
zamonaviy axborot texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Demak, hali ancha vaqt zamonaviy MBA bilan bir qatorda
an’anaviy MBA tashkil etish va undan foydalanish davom etadi.
MBAning tarkibi, xususiyatlari, tuzilishi kutubxona xususiya-
tidan va maqomidan, kutubxona fondi, kitobxonlar so‘roqlarining
mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Universal kutubxonalarda MBA hamma bilim sohasi bo‘yicha
tashkil etiladi va turli kitobxonlarga ular haqida axborot beradi.
An’anaviy MBA quyidagi 3 qismdan iborat:
— aynan shu kutubxona uchun mos va zarur kutubxona
kataloglari tizimi;
— kartotekalar tizimi;
— ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF).
Kitobxonlar tomonidan berilayotgan turli xil so‘rovlarni
bajaruvchi kutubxonalarda mohiyatiga ko‘ra nashr etilmagan
bibliografik ma’lumotnomalardan iborat bajarilgan talablar fondi
tashkil etiladi va yuritiladi. Kataloglar tizimi alifbo, sistemali va
predmet katalogidan tashkil topadi. Yana yirik va markaziy
kutubxonalarda o‘lkashunoslik katalogi ham yuritiladi. Kutubxona
fondi mazmunidan va xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqa
turdagi kataloglar ham tashkil etiladi. Masalan, notali nashrlar
katalogi, me’yoriy-texnik hujjatlar katalogi, musiqali audiomate-
riallar katalogi, CD-ROMlar katalogi va boshqalar.
Bu kataloglar turli yo‘nalishda kutubxona fondini yoritib
berish, uni targ‘ib etish, tavsiya etish va axborot berish vazifasini
bajaradi. MBA tarkibida kartotekalar muhim ahamiyatga ega. Unda
kutubxona fondidan tashqarida ham mavjud bo‘lgan juda katta


163
mazmunda axborot to‘planadi. Kartoteka turlari ham kutubxona
xususiyatidan, kitobxonlar guruhlarining tarkibidan kelib chiqib
tanlanadi. Ko‘proq quyidagi kartotekalar tashkil etiladi:
— umumiy yoki universal bibliografik kartotekalar: maqo-
lalarning sistemali katalogi yoki Bosh ma’lumot kartotekasi
(BMK) yoki Bosh axborot kartotekasi (BAK);
— mavzuli kartotekalar;
— o‘lkashunoslik kartotekasi;
— maxsus kartotekalar (badiiy asarlar sarlavhalarining karto-
tekasi, taqrizlar, shaxslarga oid, tasviriy san’at asarlari kar-
totekasi va boshqalar).
Kichik kutubxonalarda, asosan, alifbo va sistemali katalog,
mavzuli kartotekalar tashkil qilingan. Viloyat axborot-kutubxona
markazlarida alifbo, sistemali, o‘lkashunoslik kartotekasi, badiiy
asarlar sarlavhalari kartotekasi va mavzuli kartotekalar mavjud.
Oliy o‘quv yurti kutubxonalarida ham, asosan, alifbo va
sistemali, predmet kataloglari va mavzuli kartotekalar tashkil
etiladi. Musiqa bo‘limlari mavjud kutubxonalarda qo‘shiqlar
kartotekasi, izonashrlar kartotekasi, nashr etilmagan asarlar
kartotekalari, xorijiy tillarda nashr qilingan asarlar yoki o‘zbek
mualliflari asarlari kartotekasi, madaniyat va san’at masalalari
bo‘yicha kartotekalar tashkil etilgan. Kartotekalar tizimi gazeta,
jurnal va to‘plamlar, davomli va davriy nashrlar, ayrim nodavriy
nashrlar mazmunini ochib berishga, ayrim mavzular va muam-
molar, o‘lka hayoti, asarlarning alohida janrlari va turlari haqida
ma’lumot berishga qaratiladi.
Dunyo miqyosida to‘la axborot to‘plash va saqlash uchun
kutubxonalarda tashkil etilayotgan katalog va kartotekalar mun-
tazam to‘ldirib borilishi, bir-birini to‘ldirishi, o‘zaro bog‘liq
bo‘lishi talab etiladi. Bu yagona yo‘naltirish tizimi yoki alifboli-
predmet ko‘rsatkichi yordamida amalga oshiriladi. Alifbo-predmet
ko‘rsatkich (APK) muntazam ravishda yangi tushunchalar,
shaxsga oid rubrikalar bilan to‘ldirib boriladi. Bu uning sifatini
oshiradi, axborotni qidirish, to‘la ma’lumotga ega bo‘lish, katalog
va kartotekalar tizimidan unumli foydalanishning samarasini
oshiradi.
An’anaviy katalog va kartotekalar tizimi kutubxona MBAning
bir qismi bo‘lib, o‘zida rejali tashkil etilgan, o‘zaro bog‘liq va
bir-birini to‘ldiruvchi kartochkali katalog va kartotekalarni aks
ettiradi. Katalog va kartotekalarning bir-biridan farqi shundaki,


164
katalog aynan olingan kutubxona fondini to‘la aks ettiradi.
Kartoteka shu fonddan olingan maqsadga qaratilgan, tuzilayotgan
kartotekaning yo‘nalishiga mos bo‘lgan qisminigina aks ettiradi.
Bundan tashqari, kartotekalar kutubxonada mavjud bo‘lmagan,
ammo olingan mavzu bo‘yicha boshqa manbalarda ham mavjud
bo‘lgan materiallarni (avval fonddan chiqarilganlarni ham) aks
ettiradi. Kartotekalar kataloglarni to‘ldiradi, kitobxonlarga alohida
nashr etilmagan materiallar haqida ma’lumot beradi. Kartotekalar
tizimiga quyidagilar kiradi:
— umumiy bibliografik kartoteka;
— o‘lkashunoslik, agar shunday katalog mavjud bo‘lmasa;
— mavzuli;
— uslubiy va bibliografik hujjatlar kartotekasi;
— badiiy asarlar sarlavhalarining kartotekasi.
Bunday kartotekalar bolalar va o‘smirlar kutubxonalarida,
maxsus kutubxonalarda tashkil etiladi. Shuningdek, ko‘pgina
kutubxonalar yangi adabiyotlar kartotekasi va boshqa mazmundagi
kartoteklarni ham tashkil etadi. Sistemali katalog bolalarning
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Zamonaviy MBA an’anaviy va elektron shakldagi ma’lumotlar
bazasi va bankidan iborat tizim. Elektron shakldagi MBA
kutubxonadan tashqariga, butun mamlakat va xorijiy mamlakatlar
apparatiga axborot talabi bilan kirish imkonini beradi. Zamonaviy
MBAga quyidagilar kiradi:
— kutubxona kataloglari tizimi: an’anaviy va elektron katalog;
— bibliografik kartotekalar tizimi: ma’ lumotlar bazasi va
banki;
— bibliografik va axborot nashrlari;
— bajarilgan so‘roqlar fondi;
— ma’lumotnoma nashrlar fondi;
— faktografik qidiruv tizimi;
— yagona alifbo-predmet ko‘rsatkichi va MBA.
Elektron katalog bilan bir qatorda an’anaviy kataloglar tuzish
davom etmoqda, chunki ularning har biri o‘z vazifasiga ega.
An’anaviy katalog kutubxona tashkil etilgandan beri tashkil etila-
yotgan bo‘lsa va shu davr ichidagi fondni aks ettirsa, elektron
kataloglar deyarli barcha kutubxonalarda 1994- yildan beri yoki
elektron katalog uchun dastur olingan yildan boshlab tashkil
etilmoqda. U kutubxonalararo va xalqaro miqyosda axborot alma-
shuv imkonini beradi.


165
Kartotekalar tizimida ham elektron ma’lumotlar bazasi paydo
bo‘la boshladi. Undagi bibliografik yozuvlar ma’lum bir yildan
boshlab tanlangan vaqtli matbuot nashrlari va to‘plamlardan
olingan hujjatlarga beriladi.  Rossiya kutubxonalari hududiy doirada
bir necha kutubxonalar birgalikda „O‘lka“ nomi bilan yig‘ma
kartoteka ham tashkil etmoqda. Unda viloyat, shahar, tuman
haqidagi hujjatlar aks etgan, bu keyinchalik bosma ko‘rinishdagi
o‘lkashunoslik qo‘llanmasini nashrdan chiqarishga olib keladi.
Ba’zi kutubxonalar birgalikda umumiy kartotekani korporativ
asosda tashkil etganlar. Ular o‘zlari obuna bo‘lgan yoki ishlayotgan
vaqtli matbuot nashrlarini qamrab oladi. Kitobxonlar ko‘p
murojaat qiladigan mavzular va masalalarga oid kartotekalar
ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Masalan, „Tabiatni asrang:
o‘lkaning ekologik muammolari“, „Tadbirkorga yordam“, „Ta’lim
muammolari“, „Madaniyat va san’atning muhim masalalari“ va
hokazo. Keyingi paytda respublikamizda 27 dan ortiq huquqiy
axborot markazlari tashkil etilgan. Shu kutubxonalar hududlar
xususiyatidan kelib chiqib birgalikda „Inson va qonun“, „Qonunni
o‘rganamiz“, „O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi“, „De-
mokratik jamiyat sari“ kabi ma’lumotlar bazasini yaratishlari va
almashishlari mumkin. „Obuna“ nomli ma’lumotlar bazasida
kutubxona obuna bo‘lgan vaqtli va davomli nashrlar haqidagi
ma’lumotlar to‘planadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling