Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
Bibliografik ma’lumot turli so‘roqqa beriladigan bibliografik
axborotdir, u turlicha bo‘ladi: adresli (nashrning fonddagi o‘rnini ko‘rsatish uchun berilgan ma’lumot), aniqlovchi (bibliografik tavsifidan noaniqlik yoki qo‘shimcha ma’lumotni talab etgan holda berilgan), mavzuli (biror-bir mavzu, masala, muammoga oid). MBXning mazmunini kitobxon talabi yoki so‘rog‘i, ax- borotni qidirish, bibliografning javobi tashkil etadi. Bibliografik qidirish bibliografik faoliyatning negizini tashkil etadi. So‘roqlarni bajarish tezligi va sifati bibliografning kasbiy bilimi darajasiga, kitobxon bilan munosabatda bo‘la olish qobiliyatiga, MBXning sifatiga, bibliografning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan erkin ishlay olishiga bog‘liq. Bularning hammasi o‘ziga xos dasturni (algoritmni) tashkil etadi. Bu dastur quyidagi bosqichlardan iborat: • axborotni qidirishga tayyorgarlik ko‘rish — so‘roqni qabul qilish, hisobga olish, tahlil qilish, mavzuni va maqsadini aniq shakllantirish, kitobxonni qiziqtirgan masala bo‘yicha xabardor- ligini o‘rganish, shu paytgacha mavzu bo‘yicha bilgan ma’lumot- lari, so‘roqning dolzarbligini aniqlash; • qidiruv manbasini modellashtirish — so‘roq mazmuniga mos manbalarni aniqlash (o‘quv adabiyotlari, ommaviy nashrlar, ma’lumotnoma nashrlar va b.); • qidirishning mukammal yo‘lini tanlash — manbalar orasi- dan eng zarurini va so‘roqqa mosini ajratib olish; • qidirish dasturini amalga oshirish — so‘roqqa javob beruvchi axborotni olish, agar ma’lumot yozma ravishda talab etiladigan bo‘lsa, uni tayyorlash. Murakkab mavzudagi ma’lumotlar nusxasi saqlab qolinadi. Kitobxonlarning bibliografik va axborot madaniyatini takomil- lashtirish uchun ish so‘ngida, albatta, axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling