Bibliografiya lat p65
Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
Ijtimoiy-siyosiy kompleksga oid MBX
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi so‘roqlar qat’iy mas’uliyat bilan bajariladi. Ma’lumotlar axborotga berilgan so‘roq xarakteriga mos guruhlashtiriladi. Eng ko‘p tarqalgan so‘roqlar quyi- dagilardan iborat: aniqlovchi bibliografik ma’lumotlar; faktografik ma’lumotlar; mavzuli bibliografik ma’lumotlar; manzilli bibliografik ma’lumotlar. Aniqlovchi bibliografik so‘roqlarni bajarishda Davlat va hukumat organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari aniqlanadi. Bunday so‘roqlarni umumiy bibliografik kartoteka, ma’lumotlar bazasi, huquqiy axborot bo‘yicha ma’lumotlar banki, rasmiy nashrlar va boshqa turdagi axborot resurslari bajaradi. So‘roqlarni berishda yo‘l qo‘yiladigan xatolardan eng ko‘p uchraydigani OAVlari orqali berilayotgan axborotni noto‘g‘ri tushunish oqibatida yuz beradi. Bunday holda, albatta, kitobxon bilan suhbat davomida uni to‘g‘ri tushunishga yordam berish zarur. Faktografik so‘roqlarni baja- rishda, asosan, u yoki bu tarixiy voqeani, siyosiy hodisalarni, siyosiy va jamoat arboblari shaxsiga oid ma’lumotlarni, olimlar va ularning faoliyatiga oid savollar, mamlakatlar nomlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq so‘roqlar, davlat ramzlariga oid so‘roqlar uchraydi. Ularni bajarishda ma’lumotnoma nashrlar, qomus- nomalar, katalog va kartotekalar yordam beradi. Mavzuli bibliografik so‘roqlar biror-bir ijtimoiy fanlar, tarixiy shaxslar, davlat arboblari, siyosiy arboblar, mamlakat tarixi, iqtisodi, siyosatiga oid mavzularni tashkil etadi. Bunday so‘roqlarni bajarishda mavzuning mazmuni, maqsadi, kitobxonning siyosiy bilim darajasi, tayyorgarlik darajasi, axborot manbalarining to‘- liqlik va ilmiylik darajasi, dolzarbligi hisobga olinadi. Bunda ham 189 katalog va kartotekalar tizimidan, bibliografik qo‘llanmalardan foydalaniladi. Ayniqsa, tarixiy mavzudagi so‘roqlarni bajarishda uning hozirgi kun uchun ahamiyati alohida o‘rganiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling