Bibliografiya lat p65
Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
Bosma nashrlarni va bibliografik qo‘llanmalarni
o‘rganish metodikasi Òajriba shuni ko‘rsatadiki, matbuot asarini mukammal bil- masdan turib, kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik qilish, yakka va ommaviy ishlarni olib borish, bunda yordam beradigan biblio- grafik mahsulotlarni tayyorlash juda qiyin. Bizning kutubxona xodimlarida matbuot asarini tushunish, bilish, tahlil qilish, mustaqil baho berish, bibliografik qo‘llanmalardan mustaqil foydalanish ko‘nikmasi yetarli emas. Shuning uchun, avvalo, kutubxona xodimining o‘qish doirasini kengaytirish muhim vazifa hisoblanadi. N. A. Rubakin o‘zi va begonalar o‘qishi uchun kitob tanlash ham san’atdir, deb ta’kidlagan edi. Demak, har bir kutubxona xodimi bu san’atni egallagan, adabiyotni yaxshi biladigan, kitobxon bilan ishlash jarayonida nafaqat bibliografik qo‘llanmadagi, balki mavjud kitobni, uning ichidagi bobni, tavsiya eta oladigan darajada bilimga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu esa kundalik ish jarayonida amalga oshadi. Kutubxonachi qo‘liga 171 kelgan yangi adabiyotni ko‘rib chiqishi, so‘zboshi, mundarijasi, bibliografik ma’lumotlar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalar, shu nashr haqidagi taqrizlar yordamida kitob haqidagi bilimini oshirib borishi zarur. Zamonaviy kutubxona xodimining o‘qish doirasiga ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, barcha bilim sohalariga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, kasbiga oid yangi adabiyotlar, badiiy asarlar kirishi kerak. Muntazam ravishda kundalik vaqtli matbuot nashrlarini ham ko‘zdan kechirib borishi zarur. Ish jarayonida kitobxonlar uchun tavsiya qilish mumkin bo‘lgan asarlarni tanlab boradi, u haqda biror-bir tadbir o‘tkazishga, tavsiya ro‘yxatlariga kiritishga, ko‘rsatkichlarini tuzishga tay- yorgarlik ko‘radi. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish nashrlarning keng doirasi bilan tanishish imkonini beradi. Òezlik bilan kitobning qiymatini aniqlash, uning kitobxonlar qiziqishi va so‘rog‘iga mosligini belgilab olish muhim ahamiyatga ega, shu maqsadda nashrning sarvaraqlari, uning orqa tomoni, ularda berilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Keyin nashriyot tomonidan berilgan annotatsiya o‘rganiladi, asar matni tezda ko‘zdan kechiriladi, qaysi kitobxonlar guruhiga va qay uslubda yozilgani aniqlanadi. Ilmiy ma’lumot apparatida kitob haqidagi zarur ma’lumotlar beriladi. Mundarija faqatgina asar mavzusi haqida ma’lumot beribgina qolmaydi, balki asar tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi, zarur boblarni, mavzularni, bo‘limlarni, paragraflarni qaysi sahifadan topish kerakligini ko‘rsatadi. Yordamchi ko‘rsatkichlar kitobxonni qiziqtirgan masalani qidirishda yordam beradi. So‘zboshi kitobxonni asarda yoritilgan masalalar, muammolar bilan ta- nishtiradi, asarning yaratilish tarixi, manbalari, boshqa asarlardan farqi, qayta nashr bo‘lsa, avvalgi nashridan farqi, yangiligi haqida ma’lumot beradi. Kirish qismi esa muallifning hayoti, ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi, mazmunni tushunishga yordam beradi. So‘nggi so‘z muallif tomonidan yoki muallifni yaqindan bilgan, uning hayoti va ijodini chuqur o‘rgangan tanqidchi, mutaxassis tomonidan yoziladi va asar g‘oyasiga yaqin yoki uning asosiga olingan voqea va hodisalar, asar qahramonlarining prototiðlari, ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi. Ba’zan nashrlarda izohlar ham beriladi. Ular kitobxonga asar mazmunining murakkab bo‘lgan qismini to‘la tushunishga yordam beradi, yana asarning yaratilish tarixi, asar haqida zamon- doshlarning fikrlari, asarda yoritilgan voqea va hodisalar haqida 172 ma’lumot beriladi. Eslatmalar asarning ayrim joylariga taalluqli aniqlovchi va to‘ldiruvchi, tuzatuvchi ma’lumotlardan iborat. Ular ko‘proq nashriyot tomonidan tuzilib, kitob oxirida yoki sahifaning pastida beriladi. Nashriyot eslatmalari chet el so‘zlarining tarjimasi, fikrlar, asarda nomi keltirilgan shaxs haqida qisqa ma’lumot, muallif hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Asar mazmunini yoritishda unda berilgan illustrativ materiallar muhim. Ular turli-tuman bo‘lib, asar g‘oyasiga mazmunan mos, asar g‘oyasini, maqsadini kengroq tushunib olishga yordam beradi, kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi, asar reklamasini kuchaytiradi, kitobxonni jalb qiladi, iste’molchida qiziqish uyg‘otadi, asarning qiymatini oshiradi. Kutubxonachi o‘rganib chiqqan asari haqida alohida daftarda yoki kartochkada mu- lohazalarini yozib borsa, kelgusi ishida yordam beradi. Kutubxona xodimi bibliografik qo‘llanmalar bilan muntazam ishlash zarur. Bu unga shu yo‘nalishda kengroq ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishga yordam beradi, bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasi bilan tanishtiradi va o‘rgatadi, kitobxonga adabiyotni to‘g‘ri tavsiya qilishga yordam beradi, kutubxonachilik-bibliografik xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuning uchun kitobni o‘rganishdan bibliografik qo‘llanmani o‘rganish ancha farq qiladi. Bibliografik qo‘llanmani o‘rganish sarvaraq va so‘zboshi bilan tanishuvdan boshlanadi. Sarvarag‘ida asar nomi, unga taalluqli va to‘ldiruvchi boshqa ma’lumotlar, tashkilot nomi, uni nashr etuvchi ayrim shaxs, tuzuvchi yoki jamoa nomi, chiqish ma’lumotlari beriladi. Ko‘pincha, bibliografik ko‘rsatkich nomi uning mavzusini ochib beradi, sarlavhasi yoki sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar maqsadini va tiðini yoritib beradi. Ilmiy-yordamchi ko‘rsatkichlarning sarvarag‘ida unda aks etgan adabiyotlarning xronologik chegarasi ko‘rsatiladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling