Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
So‘zboshida qo‘llanmaning dasturi yoritiladi. Bunda mavzu
asoslanadi, matbuot mahsulotining turi, xarakteri, kitobxonlik guruhi, maqsadi, asosiy bo‘limlari va yordamchi ma’lumotlar beriladi. Kitobxonlik guruhi haqida berilgan ma’lumot muhim. Ba’zida qo‘llanmada kitobxonlik guruhi aniq ko‘rsatilmaydi. Bunda kutubxonachi o‘zi qo‘llanma bilan tanishib, qaysi kitobxonga tavsiya etish kerakligini aniqlab oladi. So‘zboshida yana materiallarni yig‘ish qay davrda tugaganligi haqida ma’lumot beradi. Bu yangi adabiyotlarni tavsiya etish uchun zarur. Mundarija qo‘llanmaning tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Asosan, qo‘llanmalar ikki 173 qismdan iborat bo‘ladi: asosiy va yordamchi. Asosiy qismi matbuot asarlarining bibliografik yozuvlaridan tashkil topadi. Ularning joylashtirilishi qo‘llanmaning xarakteriga, maqsadiga, tanlangan adabiyotlarning yo‘nalishiga, kitobxonlar guruhi va mavzuning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Mavzuli ko‘rsatkichlarda adabiyotlar bir-biriga bog‘liq masalalar bo‘yicha guruhlashtiriladi. Shaxslarga oid ko‘rsatkichlarda shaxslar familiyasining alifbosi tartibida yoki hayoti va ijodining xronologiyasi tartibida joylashtiriladi. Mam- lakatshunoslik masalalariga oid ko‘rsatkichlarda adabiyotlar mam- lakatlar, shahar va tumanlar bo‘yicha joylashtiriladi. Òavsiya ko‘rsatkichlarida bibliografik yozuvlarning mantiqan joylashishini e’tiborga olish kerak. Bibliografik nashrning yordamchi qismi so‘zboshidan, kutubxonachi yoki kitobxonga murojaat qismidan va yordamchi ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Qo‘llanmaning maqsadi va matbuot asarlarining mazmuniga ko‘ra mualliflar, ismlar, geografik, mavzuli, predmet yoki xronologik va badiiy asarlar nomlarining alifboli yordamchi ko‘rsatkichlari beriladi. Ular o‘ziga yarasha yo‘l ko‘rsatkichi bo‘lib, qo‘llanmaning biror qismiga yo‘naltiradi. Masalan, agar qo‘llanmadagi yozuvlar sistemali tartibda joylash- tirilgan bo‘lsa, predmet ko‘rsatkichi beriladi. Mamlakatshunoslik va o‘lkashunoslik xarakteridagi qo‘llanmalarda geografik nomlar ko‘rsatkichi beriladi. Ayrim shaxslarga bag‘ishlangan yoki mavzuli qo‘llanmalarda ismlar, mavzuli asarlar nomlarining alifboli yor- damchi ko‘rsatkichi beriladi. Qo‘llanmalar mazmunini o‘rganish bibliografik yozuvlarni, bo‘limlarga berilgan kirish va tushuntirish matnlari, bo‘limlar va bo‘limchalarni ko‘rib chiqish jarayoni bilan tugaydi. Qo‘llanmada adabiyotlarga berilgan annotatsiyalarni ham diqqat bilan ko‘rib chiqish, ularning qay darajada asar mazmunini yoritib berganiga e’tiborni qaratish kerak. Qo‘llanmaning mazmuniga ko‘ra shu sohaga oid mutaxassislarning fikrini bilish ham muhim aha- miyatga ega. Bibliografik guruhlashtirish vazifasi qo‘llanmaning tuzilishini tanlash, asosiy bo‘lim va bo‘limchalarini aniqlash, ularning ketma- ketligini belgilashdan iborat. Bu kitobxonga bibliografik axborotni mantiqan asoslangan holda yetkazishga olib keladi. Matbuot asarlarini o‘rganish jarayonida asosiy mavzuni, masalani ajratib olish, mazmuniga ko‘ra kitoblarni va maqolalarni guruhlashtirish, har bir bo‘lim va bo‘limchani nomlash, mantiqan ketma-ketlikni 174 aniqlash uchun zamin yaratilgan bo‘ladi. Bibliografik qayta ishlash yoki bibliografik ta’rif berishda har bir matbuot asari haqida uni o‘rganish jarayonida olingan mulohazalar birlashtiriladi. Har biriga bibliografik yozuv tayyorlanadi, annotatsiya yoziladi. So‘zboshi va boshqa yordamchi elementlarni tayyorlashning asosiy vazifasi kitobxonlarga tuzuvchining fikrini yetkazish, mustaqil ravishda qo‘llanmadan foydalanishga yo‘llashdir. Buning uchun mavzuning dolzarbligi, ahamiyati, qo‘llanmaning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish lozim. Òahlil qilish va bibliografik qo‘llanmani rasmiylashtirish, yakunlovchi bosqichda barcha matn qaytadan ko‘rib, ilmiy, adabiy va bibliografik tahlil qilib chiqiladi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatiladi, kamchiliklar to‘ldiriladi, qo‘shimchalar kiritish, sarvarag‘ini bezash, boshqa yordamchi elementlarni kiritish, muqova ko‘rinishini tayyorlash, so‘zboshi, kirish so‘zi, xulosa kabi elementlarni joylashtirish, illustratsiyalar joyini belgilash mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling