Bibliografiya lat p65


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Asarlarga ta’rif berish. Bunda, bibliograf har bir asardagi
eng muhim jihatni, ichki mantiqni bera olishi zarur. Shu mavzuga
oid boshqa asarlar bilan muqoyasa qila olish mahoratiga ega
bo‘lishi talab etiladi. Avval asarning bibliografik elementlari —
muallifi, sarlavhasi, chiqish ma’lumotlari, agar maqola bo‘lsa,


181
manbasi aytib o‘tiladi, lekin o‘qib berilmaydi. Keyin asardagi
asosiy jihatlar ochib beriladi. Sharhda bog‘lovchi matnlar majburiy
element hisoblanadi, bu sharhni bibliograf mehnatining natijasi —
mustaqil asar sifatida ko‘rsata olish uchun zarur. Unda muallifning
mashhurlik darajasi, asarning badiiy qimmati, ilmiy ahamiyati
haqida gapiriladi. Bog‘lovchi matn sifatida hikoyaning o‘zi ham
xizmat qilishi mumkin. Axborotning turli-tumanligini ta’minlash
uchun ba’zan asar qahramonlarining taqdiri, unga bog‘liq hayotiy
faktlar, voqealar, asarning yozilish tarixi, nashr haqida ma’lu-
motlar keltiriladi.
Sharh matniga adabiy ishlov berish sharhni tayyorlashning
yakuniy qismi bo‘lib, kamchiliklar to‘ldiriladi, xatolar tuzatiladi.
Og‘zaki bibliografik obzorni o‘tkazishda quyidagi talablarga e’tiborni
qaratish lozim: matn o‘qib berilmaydi, asardan o‘qib beriladigan
fikrlar, parchalar avvaldan xatcho‘plar yordamida belgilab
qo‘yiladi, bibliografik ma’lumotlar aniq va tushunarli aytib beriladi,
kutubxonachining o‘ziga notanish, tushunarsiz so‘zlar ishlatil-
maydi, hikoya ravon, tushunarli, nutq madaniyati qoidalariga
amal qilgan holda, to‘g‘ri talaffuz va ohang bilan so‘zlab beriladi.
Sharhni olib borayotgan shaxs auditoriyaning o‘ziga munosabatini,
hikoyaning ularga ta’sirini kuzatib borishi kerak.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling