Bibliografiya lat p65


Nodavriy nashrlarning turlanishi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/149
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#206662
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
Bog'liq
bibliografiya

Nodavriy nashrlarning turlanishi
Bu nashrlar maqsadiga, unda berilayotgan axborotning
xarakteriga ko‘ra rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, kasbiy
ishlab chiqarish va ma’lumotnoma nashrlariga ajratiladi. Memuar
va kundalik nashrlari alohida guruhga kiritiladi. Rasmiy nashrlar —
davlat organlari, hukumat tashkilotlari nomidan chiqadigan
qonuniy, me’yoriy va direktiv hujjatlar. Ularning mazmuni davlat
organi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Sudi axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi axborotlari kabi nom bilan chiqadi. Ilmiy nashrlar —
fan, texnika, madaniyatning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot
ishlari natijasini aks ettiruvchi materiallardir. Bunday nashrlar
ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichlari haqidagi, mutaxassislar
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlari haqidagi axborot
materiallaridan iborat, tarkibiga, mazmuni, xarakteri, ahamiyatiga
ko‘ra quyidagi turdagi ilmiy nashrlar chiqariladi: fan arboblari
asarlari; ko‘p jildda nashr etiladigan fan tarixiga oid asarlar;
dolzarb mavzulardagi ilmiy asarlar to‘plamlari; monografiyalar;
ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar materiallari va
boshqalar.  Ilmiy-ommabop nashrlar — fan, texnika, madaniyat
sohalaridagi yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa
keng kitobxonlar ommasi tushunadigan tilda va uslubda bayon
etgan asarlardan iborat. Ular juda keng kitobxonlar ommasiga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu adabiyotlar tufayli kitobxonlar
o‘zlarining bilim saviyasini oshirib boradilar, hozirgi zamon fan
va texnika yutuqlaridan xabardor bo‘ladilar, mustaqil bilim olish
ko‘nikmasini egallaydilar.  Hozirgi paytda tibbiyotga, tabiiy-ilmiy
bilimlarga, mamlakatimiz tarixiga, siyosiy muammolarga,
ma’naviyatga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, biografik materiallar
nashr etish kengaygan. O‘quv nashrlari fanning, amaliy faoliyat
sohasining ma’lum bir tizimda aks etgan axborotini o‘z ichiga


31
oladi. O‘quv nashrlariga o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar
kiradi. O‘quv nashrlari mazmuniga ko‘ra sohali yoki ixtisoslashgan
adabiyotdir. Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining
o‘quvchilari va talabalariga, malaka oshirish kurslarining
tinglovchilariga va o‘qituvchilarga mo‘ljallanadi. Kasbga va ishlab

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling