Bibliografiya lat p65
Nodavriy nashrlarning turlanishi
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy nashrlar
- Ilmiy nashrlar
- Ilmiy-ommabop nashrlar
- O‘quv nashrlari
- Kasbga va ishlab
Nodavriy nashrlarning turlanishi
Bu nashrlar maqsadiga, unda berilayotgan axborotning xarakteriga ko‘ra rasmiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, kasbiy ishlab chiqarish va ma’lumotnoma nashrlariga ajratiladi. Memuar va kundalik nashrlari alohida guruhga kiritiladi. Rasmiy nashrlar — davlat organlari, hukumat tashkilotlari nomidan chiqadigan qonuniy, me’yoriy va direktiv hujjatlar. Ularning mazmuni davlat organi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotlari kabi nom bilan chiqadi. Ilmiy nashrlar — fan, texnika, madaniyatning turli sohalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijasini aks ettiruvchi materiallardir. Bunday nashrlar ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichlari haqidagi, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ishlari haqidagi axborot materiallaridan iborat, tarkibiga, mazmuni, xarakteri, ahamiyatiga ko‘ra quyidagi turdagi ilmiy nashrlar chiqariladi: fan arboblari asarlari; ko‘p jildda nashr etiladigan fan tarixiga oid asarlar; dolzarb mavzulardagi ilmiy asarlar to‘plamlari; monografiyalar; ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, kongresslar materiallari va boshqalar. Ilmiy-ommabop nashrlar — fan, texnika, madaniyat sohalaridagi yutuqlarni, yangiliklarni mutaxassislardan boshqa keng kitobxonlar ommasi tushunadigan tilda va uslubda bayon etgan asarlardan iborat. Ular juda keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu adabiyotlar tufayli kitobxonlar o‘zlarining bilim saviyasini oshirib boradilar, hozirgi zamon fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo‘ladilar, mustaqil bilim olish ko‘nikmasini egallaydilar. Hozirgi paytda tibbiyotga, tabiiy-ilmiy bilimlarga, mamlakatimiz tarixiga, siyosiy muammolarga, ma’naviyatga oid ilmiy-ommabop adabiyotlar, biografik materiallar nashr etish kengaygan. O‘quv nashrlari fanning, amaliy faoliyat sohasining ma’lum bir tizimda aks etgan axborotini o‘z ichiga 31 oladi. O‘quv nashrlariga o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali materiallar kiradi. O‘quv nashrlari mazmuniga ko‘ra sohali yoki ixtisoslashgan adabiyotdir. Ular maktab, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlarining o‘quvchilari va talabalariga, malaka oshirish kurslarining tinglovchilariga va o‘qituvchilarga mo‘ljallanadi. Kasbga va ishlab Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling