Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
Ma’lumotnoma nashrlar — zarur axborotni topish uchun qulay
bo‘lgan tartibda joylashtirilgan ilmiy va amaliy xarakterdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotnomada nashrlar, qomusnomalar, qomusiy lug‘atlar, lug‘atlar, spravochniklar, taqvim (kalendar)lar, yo‘l ko‘rsatkichlar va boshqa nashrlarni ko‘rsatish mumkin. Qomusnomalar (ensiklopediyalar) bir yoki bir necha jildlik bo‘lib, bir yoki bir necha bilim sohasiga oid universal xarakterdagi nazariy va amaliy bilimlarning umumlashgan ko‘rinishidagi qisqa maqolalardan tashkil topadi. Antik davrda u erkin san’at ma’nosida, grammatika, ritorika, dialektika, mantiq, geometriya, arifmetika, musiqa va astronomiya fanlarini anglatgan. XVI asrda G‘arbiy Yevropada turli bilimlar to‘plami ma’nosida ishlatilgan va bilimlar tasnifi ma’nosini ham anglatgan. Hozir bu so‘z fanning barcha sohalariga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan nashrni anglatadi. Qadimgi Misrda qomusiy lug‘atlar miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning ikkinchi choragidan tuzila boshlangan. Yunonistonda Aristotel, Demokrit asarlari ensiklopedik xarakterda bo‘lgan. O‘rta Osiyoda Abu Nasr Fo- robiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlari ham ensiklopedik mazmunga ega edi. Forobiyning „Fanlar tasnifi“, Beruniyning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“, Ibn Sinoning „Donishnomasi“, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u 32 bilik“, Mahmud Koshg‘ariyning „Devonu lug‘atit turk“, Navoiy- ning „Majolis un-nafois“, Boburning „Boburnoma“si ham ensiklopedik xarakterdagi asarlardir. XVII asr oxiri XVIII asr boshlaridagi V. Beylning tarixiy va tanqidiy lug‘ati katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1704- yili J. Jaris „Òexnik leksikon yoki umumiy ingliz san’ati va fan lug‘ati“ning birinchi nashrini chop ettiradi. 1751 — 1780- yillarda Fransiya tarixida katta ijtimoiy-siyosiy voqea sifatida e’tirof etilgan 35 jilddan iborat „Fan, san’at, kasb va hunarlarning izohli lug‘ati“ nomli ensiklopediya nashr etiladi. Uni nashrga tayyorlashda D. Didro, nashr etishda Sh. L. Monteske, Valter, J. J. Russo, J. D. Alamberlar ishtirok etishdi. Uning asosiy nashri 17 jilddan iborat matn va 11 jilddan iborat gravner materiallaridan tashkil topgan. 1776 — 1777-yillarda 5 ta jildi Didro va Alambersiz nashrdan chiqqan. Nashr feodalizm, absolutizm va klarikalizmga qarshi g‘oyaviy kurashda muhim rol o‘ynagan. Unda texnika masalalariga, ilmiy ixtiro va kashfiyotlarning sanoatda qo‘llanilishiga, ta’lim va tarbiyaga e’tibor berilgan. Dastlab nashr 30 ming nusxada nashr etilgan va tarqatilgan. U bir qancha xorijiy tillarga ham tarjima qilinib, nashr etiladi va kelgusida ko‘plab universal va soha ensiklopediyalarining yaratilishiga zamin hozirladi. 1768 — 1771- yillarda shotland matbaachisi U. Smelli 3 jildlik Britaniya ensiklopediyasini nashrdan chiqardi. Bir necha marta qayta-qayta nashr etilgan bu asar Angliyaning eng yirik milliy ensiklopediyasi bo‘lib qoldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Angliya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniyada ham universal ensiklopediyalar chiqarildi. XX asr boshlarida Rossiyada turli fan sohalariga oid ensiklopediyalar nashr etiladi. 1950- yillarga kelib sobiq ittifoqdosh respub- likalarda ham bu ish boshlandi. 1965-yil O‘zbekiston hukumati O‘zFAning „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“ni chiqarish tashab- busini ma’qullab, 28-aprelda qaror qabul qildi va Bosh tahrir hay’ati tasdiqlandi. 1968- yil yanvarda hukumat fan sohalariga oid ensiklopediyalar chiqarish vazifasini yukladi. 1968- yil 15- fevralda Respublika FA Bosh tahririyati ta’sis etilib, unga ilmiy- tadqiqot instituti maqomi berildi. Bosh tahririyat zimmasiga 14 jildlik ensiklopediyani tayyorlash va nashr etish uchun 14 ta akademik, 13 ta FAning muxbir a’zosi, 88 ta fan doktori va professor, 539 ta fan nomzodi va boshqalar jalb etildi. Bu nashrga 40 mingdan oshiq atama va maqolalar, 10 ming surat va 800 ta 33 xarita ilova qilindi. 1981- yildan boshlab o‘zbek qomuschilari 2 jildlik ensiklopedik lug‘at, tibbiyot, pazandachilik, uy-ro‘zg‘or, salomatlik, mehnat huquqi, 2 jildlik qomusiy lug‘at, 2 jildlik ruscha-o‘zbekcha lug‘at, o‘zbekcha-ruscha lug‘at, rus tilida „O‘zbekiston Respublikasi. Paxtachilik“, 2005- yilda 2 jildlik „Odam anatomiyasi“ qomusnomalari nashr etildi. 1996- yil 4- sentabrda Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ko‘p jildlik Milliy ensiklopediyasini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1997- yil 20- martda Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra „O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi“ nomi bilan 12 jilddan iborat nashr, unda ismlar va predmet ko‘rsatkichi berish, ismlar ko‘rsatkichida nomlari uchragan shaxslar haqida, mualliflar haqida qisqa biografik ma’lumotlar, ayrim terminlarga izohlar berish belgilab olindi. Bu qomusning terminologik tarkibini kengaytirdi va axborot qismini boyitdi. Unda qariyb 69 ming maqola berildi, 12 mingdan ortiq surat va bezaklar, 1000 ga yaqin xarita, 150 rangli xarita berildi. 800 dan ziyod mualliflar, taqrizchilar qatnashgan. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti tomonidan chiqarilgan „O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi“ ham universal, ham o‘lkashunoslik xarak- terida, „Odam anatomiyasi“ nomli 2 jildlik qomusnoma faqat bilimning bir sohasiga va, albatta, uning tor bir yo‘nalishiga bag‘ishlangan. Materiallar alifbo tartibida joylashtirilgan. Mazmuniga ko‘ra qomusnomalar universal, mavzuli, tarmoq va shaxsga oid bo‘ladi. Lotin yozuvida nashr etilgan bir jildlik „Bolalar ensiklopediyasi“ ham universal xarakterdagi nashr hisoblanadi. Òarmoq qomusnomalari mazmuni va kitobxonlik guruhiga ko‘ra universal xarakterdagi qomusnoma- lardan farq qilib, fanning bir tarmog‘iga va aniq kitobxonlar guruhiga ega. „Odam anatomiyasi“ qomusnomasi tibbiyotga oid va tibbiyot xodimlariga, talabalarga mo‘ljallangan. O‘lkashunoslik xarakteridagi qomusnomalar ham katta ahamiyatga ega. Ular o‘lkaning tarixi, madaniyati, san’ati, iqtisodi va boshqa sohalarni qamrab oladi, yirik shaharlari, viloyatlari, buyuk va taniqli kishilari haqidagi ma’lumotlarni ham to‘playdi. Milliy ensik- lopediya ham universal, ham o‘lkashunoslik xarakteridagi nashr- dir. Bundan avval nashr etilgan „O‘zbek sovet ensiklopediyasi“, „Sibir ensiklopediyasi“, „Ural ensiklopediyasi“ kabilarni bunga misol keltirish mumkin. Shaxsga oid ensiklopediyalardan Moskvada nashr etilgan „Lermontov ensiklopediyasi“ni misol 34 qilish mumkin. Bunda Lermontov qalamiga oid va u haqdagi materiallar joy olgan. Uning nomi bilan atalgan joylar haqida ham ma’lumotlar bor. Kutubxona xodimlari, bibliograflar uchun professional bilimlar „Kutubxonachi ma’lumotnomasi“da berilgan. Birin- chi marta „Kutubxonachi ma’lumotnomasi“ 1930- yilda nashr etilgan. 1985- yilda Moskvada nashr etilgan „Kutubxonachi ma’lumotnomasi“ birinchi mukammal qo‘llanma bo‘lib, unda katta mutaxassislar jamoasi tomonidan tayyorlangan axborot va tavsiyalar mavjud. Ma’lumotnoma o‘z oldiga kutubxona ishini tashkil etish haqidagi sistemalashtirilgan ma’lumotlar tizimini berishni maqsad qilib qo‘ygan. Ma’lumotnoma 15 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ma’lumotlar mavzular bo‘yicha ichki alifbo tartibida joylashgan. Bo‘limlar so‘ngida tavsiya qilingan adabiyotlar ro‘yxati berilgan. „Kitob savdosi xizmatchilari lug‘at-ma’lumotnomasi“ Moskvada 1981- yili nashr etilgan. U bibliografik ma’lumotlarga boy bo‘lib, kitob savdosi, bibliografik faoliyat bilan shug‘ul- lanuvchilarga mo‘ljallangan. Masalan: 1964- yilgi „O‘zbekistonning yirik kutubxonalari“, 1970- yilgi „O‘zbekistonning texnika kutub- xonalari“, 1982- yilgi „Òoshkent shahar kutubxonalari“, 2006- yilgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy-uslubiy bo‘limining „O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalari“ ko‘rsatkichlarida har bir kutubxona haqida axborot, uning tuzilishi, asosiy vazifalari, manzili ko‘r- satilgan. 1958- yili birinchi marta E. I. Shamurinning „Kitobshunoslik atamalari lug‘ati“ nashr etilib, unda 4500 ta kutubxonachilik, kitobshunoslik, bibliografiya ishi, adabiyotshunoslik, poligrafiya, nashriyot ishiga oid tushunchalar izohi berilgan. 1968- yil K. R. Simonning „Bibliografiya: Asosiy tushuncha va atamalar“ izohli lug‘ati, 1976- yil kutubxonachilik ishi sohasidagi termi- nologik — „Kutubxonachilik terminlari lug‘ati“ nashr etildi. Ushbu lug‘at kutubxona xodimlari, kutubxonashunoslar, oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarining talaba va o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Lug‘atda 500 dan ortiq tushunchalar berilgan: kutubxona, kutubxona ishi, kutubxonashunoslik, kutubxona ishini tashkil etish, kutubxona jamg‘armalari va kataloglari, kitobxonlar bilan ishlash, xizmat ko‘rsatish, kutubxona ishiga rahbarlik qilish, boshqarish kabi masalalar qamrab olingan. Òushunchalar alifbo tartibida joylashtirilgan. Òushunchalar tizimini aks ettirish va 35 lug‘atdan foydalanishni yengillashtirish maqsadida lug‘at uyasini (gnezdo) qidirib topish tizimi qo‘llanilgan. Lug‘at mavzuli ro‘yxat bilan ta’minlangan. 10 yildan so‘ng lug‘atning to‘ldirilgan, qayta ishlangan 2- nashri „Kutubxona ishi. Òerminologik lug‘at“ nomi bilan chiqdi. Bunda leksikografiyaning va terminologiya fanining zamonaviy yutuqlaridan foydalanilgan. Nashrga 200 ta yangi terminlar qo‘shilgan. Lug‘at bibliografik, ilmiy-axborot, nashriyot faoliyatiga oid tushunchalar kiritilishi natijasida kengaygan. Òushunchalarga aniq sharhlar berilgan, so‘zlarning sinonimlari ham keltirilgan. Qidirish tizimi kengaytirilgan, 400 ta nomdan iborat adabiyotlar ro‘yxati berilgan. O‘zbekistonda ham bu sohada ayrim ishlar amalga oshirilgan. 1970- yili A. Qosimova, Y. Qodirovalarning „Kutubxona ishi va bibliografiya bo‘yicha qisqacha izohli terminlar lug‘ati“ nomli kichik hajmda bo‘lsa-da, birinchi ishi nashrdan chiqdi. Unda 400 ga yaqin so‘zlar izohi berilgan. 1983- yili ÒDMI jamoatchiligi H. Abdurahmonov, N. Mahmudov, R. Shukurovlar muallifligida „Madaniyat xo- dimlari uchun qisqa izohli lug‘at“, 1990- yil N. Mahmudov, B. Karimov, I. Yo‘ldoshev, N. Abdug‘afforov tuzuvchiligida „Ma- daniy-ma’naviy ishlar“ nomi bilan lug‘at nashr etildi. Bu lug‘atlarda kutubxonachilik va bibliografik atamalar uncha ko‘p berilmagan, madaniyat, ma’rifat sohasidagi atamalarga ko‘proq o‘rin berilgan. Aynan mana shu ishlar keyinchalik shu sohada yirik ilmiy-tadqiqot ishining yuzaga chiqishiga sabab bo‘ldi. 1987- yili I. Yo‘ldoshev „O‘zbek tilining kutubxonachilik- bibliografik atamashunosligi“ mavzusida nomzodlik, 2004- yili „O‘zbek kitobatchiligi terminologiyasining shakllanishi“ mav- zusida doktorlik ilmiy ishini himoya qildi. Respublikamizda kutubxonachilik ishi va bibliografiya sohasida davlat standartlari ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan ÒDMI o‘qituvchilari Z. Ne’matova, Sh. Shamsiyev, E. Islomovlar tomonidan 2000- yilda „Kutubxonachilik va bibliografiya atamalarining izohli lug‘ati“ nashr etildi. Uni yaratishda rus tilida avval mavjud bo‘lgan lug‘atlar tanqidiy o‘rganib chiqilgan va foydalanilgan. Ba’zi tushunchalar xalqaro so‘z bo‘lganligi va shu sohada keng qo‘llanilayotgani uchun o‘z holicha qoldirilgan. Masalan, katalog, kartoteka, indeks kabi. Ko‘pgina so‘zlar imkon qadar o‘zbekchalashtirilgan. Masalan, „Psixologiya“ so‘zi „Kitobxon ruhiyati“ shaklida berilgan. Ayrim o‘rinlarda atamaning o‘zbekcha nomidan so‘ng qavs ichida ruscha atamasi ham keltirilgan. 36 Kutubxona nafosati (estetikasi), Kutubxona peshqog‘ozi (pla- kati) kabi. Shaxs biobibliografik ma’lumotnoma xarakteridagi A. Kor- militsinning „Áèáëèîòåêîâåäû è áèáëèîãðàôû Óçáåêèñòàíà. Î÷åðêè è âîñïîìèíàíèÿ“ nomli asari 2005-yili Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nashr etildi. Bu aynan shu sohada yaratilgan birinchi ish sifatida juda katta ahamiyatga ega. Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan kitob- shunos hamda kutubxonashunos olim Aleksandr Ivanovich Kormilitsinning bu ishida XX asrda va XXI asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan O‘zbekistonning yirik kutubxonashunos va bibliograf olimlari hayoti va ijodi haqida to‘liq axborot beriladi. Ayrim hamkasblarimiz to‘g‘risida matbuotda deyarli ma’lumotlar beril- magan edi. Ish esa ana shunday ma’lumotlarni umumlashtirgan, yangilagan. Dastlab olim kutubxonachilik kasbi, uning tarixi, shakllanishi, bibliograflik kasbi haqida, Navoiy nomidagi O‘zbe- kiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida ma’lumotlar bergan. Jami 40 ta kutubxonashunos va bibliograflar haqidagi ma’lumot- lar ular ishlagan kutubxonalar bo‘yicha sistemalashtirilgan. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling