Bibliografiya lat p65
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
bibliografiya
Ma’lumotnomalar — (spravochniklar) turli xil ma’lumot-
larni aks ettiradi va mazmuniga, maqsadiga va kitobxonlik guruhiga ko‘ra ajratiladi. Bilim sohasining turlari bo‘yicha ko‘plab muammo va masalalarga oid ma’lumotnomalar nashr etiladi. Biografik xarakterda ham spravochniklar mavjud. Òurli ishchi mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish masalalariga oid, fan tarmoqlariga oid ma’lumotnomalar ma’lum bir tizimda joylashtirilgan holda nashr etiladi. Kutubxonachi xodimlar uchun nashr etilgan „Kutubxona-bibliografik jadval“ ham (avval ommaviy, bolalar, ilmiy kutubxona xodimlari uchun alohida rus tilida nashr etilgan edi) maxsus ma’lumotnoma nashr hi- soblanadi. Keng kitobxonlar ommasi uchun universal mazmunda yoki amaliy xarakterda ham ma’lumotnomalar nashr etilgan. A. Kormilitsinning „O‘zbekistonning mashhur kutubxonashunos va bibliograflari“ nomli biobibliografik xarakterdagi ma’lu- motnomasi kutubxona xodimlari, talabalar, professor-o‘qi- tuvchilar uchun tayyorlangan. 1996-yilda Òoshkent davlat sharqshunoslik instituti tomoni- dan M. Abdusamatovning „O‘zbekiston sharqshunoslari“ nomli biografik ocherklari to‘plami nashrdan chiqdi. U respublikamiz sharqshunosligi haqidagi katta ilmiy ishdir. Dastlab Sharq- shunoslik instituti tarixi haqida ma’lumot berilgan. Kitobning asosiy qismini tashkil etuvchi biobibliografik ma’lumotlar 4 ta qismdan iborat. 1- qismida sharq fakultetini bitirib, hozirgi kunda O‘zFA qoshidagi va qardosh respublikalar akademiyalarida faoliyat yuritayotgan muxbir a’zolar, akademiklar, respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arboblari ilmiy darajasini olganlar; 2- qismida respublika davlat va jamoat arboblari hamda diðlomatik xodimlar; 3- qismida fan doktorlari va professorlar, 4- qismida fan nomzodlari va dotsentlar haqida ma’lumotlar jamlangan. Maqolalar alifbo tartibida berilgan. Maqolada olimning hayoti va faoliyati, ilmiy darajasi, ilmiy unvonlari, xalqaro anju- manlardagi ishtiroki, davlat mukofotlari, davlat va jamoat ishlaridagi xizmatlari, oxirgi ish joyi, lavozimi haqida ma’lumot berilgan. „Olim haqida“ rukni bilan uning hayoti va faoliyati haqida hujjatlar keltirilgan. Bunday biobibliografik ma’lumotnoma nashrlar o‘zbek tilida juda kam. Òaqvimlar kitobxonlarni shu yilda yoki yaqin vaqt oralig‘ida 38 nishonlanadigan eng muhim voqealar, sanalar, ular tarixi, mazmuni, ahamiyati bilan tanishtiradi. Bunday taqvimlar, asosan, yirik markaziy tashkilotlar tomonidan nashr etiladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutub- xonasi respublika kutubxonalari uchun har yili keyingi yilda nishonlanishi mo‘ljallangan voqealar, sanalar, bayramlar, turli xil tadbirlarning taqvimini tuzadi. Unda tadbirlarning qisqacha tarixi sanalar bo‘yicha to‘g‘ri xronologik tartibda beriladi, ularning mazmuni, shu kun uchun ahamiyati haqida axborot olish mumkin. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling