Kutubxonasi bor millat


Download 30 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi30 Kb.
#1317689
Bog'liq
KUTUBXONASI BOR MILLAT


KUTUBXONASI BOR MILLAT


Kutubxonachi: Xurmatli hakamlar hay’ati va aziz tanlov ishtirokchilari men “Kutubxonachi kelajak kasbimi? Yoki…” deb nomlangan shartga quyidagicha yondashishga harakat qildim hozir sahnaga hech qachon kitob o’qimagan bolani taklif etaman marhamat.

O’lmas: Men O’lmas Abduraxmonov, yoshim 20 da 8 – sinfda maktabni tashaganman, o’qishni vapshe yomon ko’raman, maktab paytlariyam faqat darsdan qochib bollar bilan kompyuter o’ynagani borardik, qo’shni maktabni bollari bilan urushardik, sigaret chekardik. Bir kun o’qituvchim qulog’imdan cho’zib hammani ichida sharmanda qigani uchun boplab do’pposladim, burnini sindirdim, nimamush kitob o’qimaseng hech qachon odam bo’miysanmush, keyin dadamlarni chaqirishdi mani maktabdan haydashdi. Boshqa maktabga bordim, u yerdayam darsga kirmaganligim, urushganligim, derazani sindirganim, qizlarni so’kkanim uchun haydavorishdi. Shu bilan umuman o’qishni tashadim, o’rtoqlarim bilan ko’cha sistemasida yashashni boshladim, har kuni mazza qilardik, diskoteka, kalyan, qizlar hullas kayf qilardik oldin tabletka ichdim, keyin doriga o’rgandim, xumor tutganda xech nima ko’zimga ko’rinmasdi dadamni pullaridan o’g’irlab dori chekardim. Bir kun mahalladagi masjidni ehson qutisini o’margandim qo’lga tushdim, dadam katta jarima to’ladi. Undan keyin 1XBET o’ynashni o’rgandim, oldin yutdim keyin 58 000 000 yutqazib qarz bo’p qoldim. O’g’irlika tushdim. Hali yoshligim uchun qamashmadi 2 yil axloq tuzatish koloniyasida o’tirib chiqdim.


Kutubxonachi: Ana endi e’tiboringizni monitorga qaratishingizni iltimos qilaman.
Kitobxon bola: Assalomu alaykum men _____________ Farg’ona viloyati ________ tumanidanman. Bolalikdan ota-onam meni va akalarimni kitoblarga do’st qilib tarbiya berishdi, maktabda a’lo baholarga o’qidim, bo’sh vaqtim bo’ldi deguncha kutubxonaga chopaman, kitob mutolaasi jarayonida o’zimni juda ham baxtiyor his qilaman, uning shitirlashi, yoqimli iforidan sarmast bo’laman. Bir kun yosh kitobxon tanlovi haqida eshitib qoldim va qatnashish uchun ariza topshirdim, mahalliy bosqichlarda g’olib bo’ldim va viloyat bosqichiga chiqdim, onamning duolari ustozlarim o’gitlari va kutubxonachilarimiz ko’maklari bilan va kamtarona bilimim bilan viloyatda ham oliy o’rinni qo’lga kiritdim. Respublika bosqichiga tayyorlanishda viloyat kutubxonasining mehribon xushmuomala hodimlari menga o’z farzandlari, ukalari kabi munosabatda bo’lib qo’llab – quvvatlashdi. Allohning inoyati ila Respublika bosqichida ham 1 – o’rinni qo’lga kiritdim va Muhtaram prezidentimizning sovg’alarini SPARK avtomobili qo’lga kiritdim. Mashinani o’zim haydasam ham bo’lardi lekin uni meni bolalikdan kitoblarga do’st qilgan onajonimga sovg’a qildim.Hozir Mustaqil O’zbekistonning eng baxtli yoshlaridan biriman deb bemalol ayta olaman. So’zimni Maksim Gorkiyning fikri bilan yakunlamoqchiman “Erishgan muvofaqqiyatlarim uchun kitoblardan minnatdorman”

O’lmasbek ham monitorni tomosha qiladi. Kutubxonachi qo’lida kitob bilan kelib uni O’lmasbekka tutqazadi va Buxoriyning quyidag so’zlarini aytadi “Ilmdan o’zga najot yo’q”



Hurmatli mehmonlar quyida sizga ikkita taqdirni namoyon qildik, xulosa o’rnida aytmoqchiman agar insoniyatga Kitob kerak bo’lmaganda Allohning kalomi Qur'on’ Karim kitob ko’rinishida nozil bo’lmagan bo’lar edi. Agar bashariyat ilm-u ma’rifatga muhtoj bo’lmaganda birinchi bo’lib qalam yaratilmagan bo’lar edi. Gapning indallosi shuki kutubxonachilik shak-shubhasiz kelajak kasbidir !
Download 30 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling