Mundarija: I kirish II asosiy qism


Download 1.34 Mb.
bet1/7
Sana25.04.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1398060
  1   2   3   4   5   6   7

Mundarija:
I Kirish
II Asosiy qism

  1. Shofirkon tumani hokimligi haqida

  2. Iqtisod boshqaruv tizimi

  3. Shofirkon tumani iqtisodiy statistik ko’rsatkichlari

III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Men malakaviy amaliyotimni Buxoro viloyati shofirkon tumani hokimligi iqtisodiyot bo’limida o’tadim. Amaliyot davri mobaynida dastur asosida belgilangan tartibda ishlarni bajara boshladim. Buxoro viloyatining tarixi, tarkibiy tuzilishi va Romitan tumani hokimligining, moliya bo’limi vazifa va funksiyalarini o’rganishdan boshladim.
Buxoro viloyati shofirkon tumani iqtisodiyot bo’limi faoliyatini reglamentlovchi Qonunlarni, boshqa huquqiy hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va qarorlarini, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini hamda boshqa qonun osti hujjatlarni o’rgandim.
O’zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Ma’lumki, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda, barqaror o’sish sur’atlariga erishish inovatsiyalarning iqtisodiyotdagi barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi ko’rsatkichlarning asoslaridan biri bo’lib bormoqdalar.
Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yaqinda qabul qilingan iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda inovatsion g’oyalari va ilmiy-texnik dasturlarni joriy etish uchun har bir tumanda inovatsiya markazlari tashkil etish, faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirish to’g’risidagi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o’rnini yanada mustahkamlash, akademiyalar faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag’batlantirish maqsadida bir qator muhim chora-tadbirlar belgilangan.
Shu maqsadda men Buxoro viloyati shofirkon tuman hokimligi moliya bo’limi faoliyatiga baho berish uchun boshqarmaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini to’pladim va tahlil qildim. Shu tariqa to’plangan iqtisodiy ko’rsatkichlarni,
ularning dinamikasini o’zgarish tendensiyalarini va omillarini, sabab-oqibat bog’lanishlarini va kutilayotgan natijalarini aniqlash maqsadida tahlil qildim.
Yuqori va barqaror sur’atdagi iqtisodiy o’sish va makroiqtisodiy barqarorlik Mahalliy hokimiyat organlari tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida uning barqarorligini ta’minlashni, yangi yechimlarni izlab topishni, tumanlarda xususiy tashkilotlarining raqobatbardoshligi va sanoat korxonalarini tashkil etish, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ularni rivojlanishiga qo’yilgan suniy to’siqlarni olib ularning ishonchini mustahkamlash hamda muhofaza qilishni talab etadi.
Amaliyot davrida va hisobotni tayyorlash jarayonida Buxoro viloyati shofirkon tuman hokimligi moliya bo’limi hodimlari menga yaqindan yordam berishdi, to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilishda va yuzaga kelgan savollarga javob berishda o’zlarining qimmatli maslahatlarini ayashmadi.
Amaliyot obyektlarining rivojlanish istiqbollarini Hukumat qarorlari, davlat dasturlari va amaliyot o’tish bazasida mavjud bo’lgan ishlanmalar asosida o’rgandim.


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling