Mundarija: I kirish II asosiy qism
Buxoro viloyati bilan solishtirma asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Download 1.34 Mb.
|
Buxoro viloyati bilan solishtirma asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar
(2022 yil yanvar-sentabr)
Yuk aylanmasi 61,5 101,6 3,8 (mln. tn-km)
Import 9,2 48,0 1,4 Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili
o‘sish sur’ati, foizda 122,3 146,6 48,0 Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarida kichik biznes ulushi (2022 yil yanvar-sentabr,foizda)
Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022 yil yanvar-sentabr oylarida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 687,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat mahsuloti indeksi 105,8 foizni tashkil etdi. Hisobot yilida 253,4 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 100,0 foizni tashkil etdi. Jumladan, 123,2 mlrd. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 48,6 foizni tashkil qilib, 130,2 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2021 yil yanvarsentabr oylariga nisbatan mos ravishda 100,7 foiz va 99,4 foiz) ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 51,4 foizni tashkil qildi. yil yanvar-sentabr oylarida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ulushi, foizda 51,4 Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. 2022 yil yanvar-sentabr oylarida 687,3 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 591,2 mlrd.so‘m yoki umumiy hajmning 86,0 foizni kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin. Yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning tarkibi (mlrd. so‘mda) 2021 yil 2022 yil Jami sanoat mahsuloti Kichik biznes sub'ekti sanoat mahsuloti Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan 2022 yil yanvar-sentabr oylarida 38,7 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 84,9 foizni tashkil etdi, shuning bilan birga davlat sektorida jamiga nisbatan 1,0 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 0,2 foizni tashkil etsada, nodavlat sektorida 686,3 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, umumiy hajmga nisbatan 99,8 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish davlat va nodavlat sektorlarida (foiz hisobidagi ulushi) Xususiy mulk Davlat mulki Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda shaharlarni tuman ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida 2022 yil yanvar-sentabr oylarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 687,3 mlrd.so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Buxoro viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 3,7 foizni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 3763,4 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,2 foizga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. Shuningdek, iste’mol tovarlar ishlab chiqarilishi 253,4 mlrd.so‘mni tashkil qilib, viloyatning jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 3,6 foizni tashkil etdi.Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 1387,6 ming so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 98,5 foizga yetkazilganligini kuzatishimiz mumkin. III. XIZMATLAR Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2022 yil yanvar–sentabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 519,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,0 foizni tashkil etdi. Jami xizmatlar o‘sish sur’atlarining dinamikasi, foizda 2021 yil 2022 yil Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari ishlab chiqarish (2022 yil yanvar-sentabr )
boshqa shaxsiy xizmatlar 14633,5 106,0 2,8
boshqa xizmatlar 8611,5 113,0 1,7 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarning hajmi (yanvar–sentabr) Me'morchilik,muxandislik izlanishlari bilan… 1268,3Sog'liqni saqlash bilan bog'liq xizmatlar Boshqa xizmatlar Ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar Yashash va ovqatlanish xizmatlari Ta'lim xizmatlari Kompyuter va maishiy xizmatlar Boshqa shaxsiy xizmatlar Ijara xizmatlari Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari Moliyaviy xizmatlar Transport xizmatlari Savdo xizmatlari 0,0 50000,0 100000,0 150000,0 200000,0 250000,0 mln. So'm Eng katta xizmat hajmi savdo xizmatlar (202723,4 mln. so‘m) va transport xizmatlari (115953,1 mln. so‘m) ga to‘g‘ri keladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling