Farg'ona viloyat statistika boshqarmasi


Download 0.65 Mb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452662
  1   2   3
Bog'liq
DILFUZA MUSTAQIL ISH



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

YeSTJ 49-20 Guruh talabasi
Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti
Texnologik jarayonlarni loyixalash fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
BAJARDI: YUSUPOVA DILFUZA
QABUL QILDI: NIYAZALIYEVA M

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT STATISTIKA QO'MITASI

FARG'ONA VILOYAT STATISTIKA

BOSHQARMASI


QUVA TUMANINING
CTATISTIK AXBOROTNOMASI
2023-yil


KIRISH;
QUVA TUMANI HAQIDA MA’LUMOTLAR.
REJA;
1.Tumanning asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarining tahlili.
2.Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan (ko‘rsatilgan) bozor xizmatlarning hajmi.
3.Kichik tadbirkorlik subyektlari.




SANOAT

Dastlabki ma’lumotlarga asosan joriy yilning yanvar-iyun oylarida Quva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 240,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,0 % ni tashkil etdi.
Hisobot yilida 108,5 mlrd. so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2020 yil yanvar-iyuniga nisbatan 114,7 foizni tashkil etdi. Jumladan, 65,5 mlrd. so‘mlik oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib umumiy hajmga nisbatan 60,4 % ni tashkil qilib, 43,0 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mollari (2020 yil yanvar-iyunga nisbatan mos ravishda 117,2 foiz va 100,1 foiz) ishlab chiqarildi va umumiy hajmga nisbatan 39,6 % ni tashkil qildi.
Sanoat ishlab chiqarishda kichik biznesning hissasi
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz ichki bozorini tovar va xizmatlar bilan ta’minlashda, aholi bandligi va real daromadlarini oshirishda, resurslarni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanishda, ijtimoiy guruhlar daromadlarining nomutanosibligini kamaytirishda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy katalizatori hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga ham, iste’molchi talabi o‘zgarishlariga ham tez moslashishga qodir bo‘lib, iste’mol bozoridagi muvozanatni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, raqobat muhitining shakllanishiga xizmat qiladi. Joriy yilning yanvar-iyunda tumanda 240,7 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 22,3 mlrd.so‘m yoki umumiy hajmning 9,2 % ni kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti tashkil qilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Davlat va xususiy sektorning o‘zaro munosabati mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy barqaror vaziyatni ta’minlashda xususiy biznesning manfaatdorligini oshirishda katta xizmat qiladi. O‘z navbatida, mamlakatimizda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasi o‘laroq Quva tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida nodavlat sektorning ulushi salmoqli ekanligini ko‘rish mumkin. Tarmoq korxonalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida 173,0 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 150,5 % ga erishilib, umumiy hajmning 71,9 % ni tashkil etdi. Hududiy korxonalar tomonidan esa joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 67,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2020 yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish su’rati 38,1 % ni tashkil etib, umumiy hajmga nisbatan 28,1 % tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoq va xududiy korxonalarda (foiz hisobidagi ulushi)




Tarmoq korxonalari Xududiy korxonalar

Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib Farg‘ona viloyati va tumanlarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmini tumanlararo hamda tumanlarni shahar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali tahlil qilish, sanoat mahsulotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori dinamikasini kuzatib borish, hududlardagi ustuvor vazifalarni va o‘sish nuqtalarini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida joriy yilning yanvar-iyunda Quva tumanida sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi 240,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, mazkur ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatining jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishida 2,2 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan sanoat mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 918,0 ming.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,3 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin. SHuningdek, tumanda iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishi 108,5 mlrd.so‘mni tashkil qilib, Farg‘ona viloyatining jami iste’mol tovarlari ishlab chiqarilishida 2,6 % tashkil etdi. Tumanda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari aholi jon boshiga 413,8 ming.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 % ga etkazilganligini kuzatishimiz mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling